VISKONSIN

VISKONSIN — AQSHning shim. dagi shtat. Michigan va Yuqori koʻllar oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Mayd. 145,4 ming km2. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Madison sh. Eng yirik shahri — Miluoki. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 6° dan — 13°gacha, iyulniki 18— 22°. Yiliga 750 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari (Viskonsin, Chippeva, Blek-River) Missisipi havzasiga kiradi. Hududida 2 mln. ga dan ortiq aralash oʻrmonlar bor. Iqtisodining muhim tarmogʻi — q. x. yerining asosiy qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Makkajoʻxori va yemxashak oʻtlari, bugʻdoy, tamaki, kartoshka va qand lavlagi ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachiligi sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Sutli mahsulotlar i. ch. da yetakchi oʻrinda. Q. x. mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, mebel i. ch., mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Pyx rudasi qazib olinadi. Buyuk koʻllarda kema qatnaydi. Yuqori koʻl sohillarida kurort koʻp.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x