VAMPIRLAR

VAMPIRLAR, arvoh shapalaklar, desmodsimonlar (Desmodontidae) — koʻrshapalaklar oilasi. Vampirlarni baʼzan barg burunlilar oilasiga kenja oila sifatida kiritiladi. Tanasining uz. 6,5—9 sm. Yuqori jagʻidagi kurak tishlari yirik va oʻtkir; qoziq tishlari yaxshi rivojlangan; keyingi (oziq) tishlari mayda, qisman reduksiyaga uchragan. Ichagi kalta, oshqozoni choʻziluvchan boʻlib, birdaniga koʻp miqdordagi oziqni saqlashta moslashgan. Vampirlar urugʻi Jan. va Markaziy Amerikada tarqalgan. Faqat issiqqonli hayvonlar (sut emizuvchilar, qushlar) qoni bilan oziqlanadi, odamga ham hujum qilishi mumkin. Kurak tishlari bilan oʻljasi terisini kesib, oqib chiqadigan kopni soʻrib oladi. Oʻljasi ogʻriq sezmaydi. Vampirlar soʻlagida qon ivishining oldini oladigan modda boʻladi. Vampirlar quturish kasalligining rezervanti (saqlovchisi) yoki tashuvchisi boʻlishi mumkin. Baʼzan Vampirlar mollarga yetkazgan jarohat bitmasdan yiring boylaganida ular halok boʻladi. Katta yoki oddiy Vampirlar (Desmodus rotundus) koʻp uchraydi. Ular chorvachilikka katta ziyon keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x