BIT

BIT, bitlar (Anoplura, Siphunculata) — qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1—6 mm, qanotsiz. Baʼzi Bitning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida Bit qon soʻrayotganida teriga yopishib oladi. 3 juft oyoqlari tanasining 2 yoniga keng yoyilib turadi. Barmoqlarining uchida ilmoqka oʻxshash qayrilgan tirnoqlari yordamida kiyim yoki soch tolalariga yopishib oladi. Urgʻochi Bitlar oʻz hayoti davomida bir necha oʻntadan 300 tagacha sirka (tuxum) qoʻyadi. Sirkasini maxsus yopishqoq sekreta yordamida kiyim yoki soch tolalariga yopishtiradi. Sirkadan bir haftada yosh bitcha (magʻzak)lar chiqadi. Bit chala oʻzgarish bilan rivojlanadi, 18—20 kun yoki undan koʻproq vaqt davomida voyaga yetadi. 300 ga yaqin turi maʼlum. Bit sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiladi. Har bir hayvonning oʻz biti boʻladi. Odamda bosh B. i (Pediculus humanis capites), kiyim Biti (P. humanis westimenti) va qov Biti (Phthiras pubis, badanning siyrak yungli aʼzolari: qosh, kiprik, qoʻltiq osti, jinsiy aʼzolar atrofida) boʻladi. Bitlar toshmali va qaytalama terlama kasalliklarini tarqatadi. Odamlar gʻuj boʻlib yashaydigan joylarda (bogʻcha, maktablar, koʻp bolali oilalar, harbiy xizmat joylari) Bit larning tarqalishi uchun qulay sharoit tugʻiladi. Bitlashning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x