VLADIVOSTOK

VLADIVOSTOK — RFdagi shahar, Primorye oʻlkasining markazi (1888-y. dan). Sibir t. y. magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860-y. da bunyod etilgan. 1862-y. dan port, 1880-y. dan shahar. V. da kema tuzatish korxonalari bor, baliq konserva z-dlari uchun texnologik liniyalar, kon-shaxta asbobuskunalari, konveyerlar, nasoslar, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan baliq, goʻsht k-tlari, sut z-dlari, konditer f-kasi, qurilish materiallari sanoati korxonalaridan temir-beton konstruksiyalari va yirik panelli uysozlik z-dlari mavjud. Uzoq Sharqsa kit, krab, yovvoyi hayvonlarni ovlash va refrijerator floti bazasi.

Vladivostokda 8 oliy oʻquv yurti, 13 maxsus oʻrta oʻquv yurti, Rossiya FAning Uzoq Sharq boʻlimi, 3 teatr, filarmoniya, 3 muzey va suratlar galereyasi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan dengiz vokzali (1965), mehmonxona (1965), Madaniyat uyi (1967), keng formata i kinoteatr (1969) mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x