BLANKENNAGEL

BLANKENNAGEL Ivan (18-a.) rus josus vrachi. Xiva xonining iltimosiga binoan mayor B. 1793-y. vrach sifatida Xivaga yuborilgan. B. Xivada 1793-y. okt. dan 1794-y. martgacha boʻlgan va amalda Rossiya foydasiga josuslik faoliyati b-n shugʻullangan. Xiva xonligiga 18a. oxirida qilingan sayohat haqida asar yozgan. Risolada (1794) Xiva xonligining ichki va tashqi ahvoli bayon qilingan. Пост Навигацияси

BIR OVOZLILIK

BIR OVOZLILIK, bir ovozli musiqa — 1) musiqa asari tarkibidagi ovozlarning joylashuvi (musiqiy faktura)ga tegishli tushuncha, kuylarni yakkalab tovush chiqaradigan soz (nay, gʻijjak kabi) yoki ovoz vositasida bayon etilishi; 2) q. Monodiya. Пост Навигацияси

GELONII

GELONII (Jiloniy) Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydoʻst (1077, Gelon viloyati, Eron — 1166) — fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bagʻdodga keladi va juda koʻp olimlardan saboqoladi. Uningxanbaliya mazhabiga oid vaʼzlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik Gelonii Qurʼon tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat koʻrsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dare beradi. Gelonii hanbaliya mazhabida qatʼiy turgan, Muhammad … Читать далее

GARMONIYA

GARMONIYA (yun. harmonia — bogʻlanish, mutanosiblik) — 1) koʻp ovozli musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biri. Bunda asar mazmuni kuy rivoji orqaligina emas, balki unga hamohang boʻlgan turli akkordparning almashinuvi yordamida ifodalanadi. Garmoniya muayyan lad va tonallikka oid akkordlarning sadolanish xususiyatlariga hamda ularning musiqa jarayonidagi turgʻunligi yoki beqarorligiga asoslanadi. Odatda (gomofoniyauspubiaa) bosh kuy yuqori ovozda (baʼzan … Читать далее

GALILEI

GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza – 1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. Galilei aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza un-tiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat. sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, Galilei tibbiyotdan voz … Читать далее

GLOSSEMATIKA

GLOSSEMATIKA (yun. glossematos — til) — umumlingvistik nazariya. 20a. 30-y. larida Kopengagen un-tida L. Yelmslev va b. tomonidan yaratilgan. Mualliflar gnoseologik masalalar yechimi (bunda mantiqiy pozitivizmning falsafiy taʼsiri nazarda tutiladi)ni qatʼiy inkor etib, yangicha metodlarni ishlab chiqishni moʻljalladilar. Bu metodlar yordamida til hodisalarini qaramaqarshiliklarsiz, mukammal va nihoyatda oddiy qilib (ekspertizm asosida) tasvirlab berish imkoniyati bor. … Читать далее

YUSTINIAN KODEKSI

YUSTINIAN KODEKSI — Vizantiya huquqinkt bir qismi. Imperator Adrian (2-asr)dan boshlab Yustiniannknt oʻzi bilan tugaydigan davrda nashr qilingan imperatorlar farmoyishlari (konstitutsiyalari)ning 4652 parchasini oʻz ichiga oladi. 12 kitobdan iborat boʻlib, cherkov huquqi va davlat mulozimlarining majburiyatlari (1-kitob); xususiy huquq — mulkiy va boshqalar munosabatlar (2—8kitoblar); jinoiy huquq (9kitob); maʼmuriy va moliyaviy huquq (10—12-kitoblar)ni bayon qilib … Читать далее

YEVKLID NEGIZLARI

YEVKLID «NEGIZLARI» — Yevklidning asosiy matematik asari. 13 kitobdan iborat boʻlgan. Yevkliddan keyin Gipsikl (mil. av. 2-a.) va miletlik Isidor (mil. av. 6-a.) Ye. «N.» ga XIV va XV kitoblarni qoʻshganlar; shuning uchun asar 15 kitobdan iborat ham deyiladi. Asarda Yevklid davrigacha boʻlgan yunon mat. si bayon etiladi. Yevklid negizlari «N.»da geom. deduktiv asosda, yaʼni … Читать далее

YaʼQUBIY

YaʼQUBIY, al-Yaʼqubiy, Abul Abbos Ahmad ibn Yaʼqub (? — 897 yoxud 905) — arab tarixchisi va geografi. Bagʻdodda amaldor oilasida tugʻilgan. Armanistonda, soʻngra Xurosonda yashagan. Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Misrda qoʻnim topib, u yerdan Magʻribga borgan. Yaʼqubiyning «Kitob ul buldon» («Mamlakatlar kitobi») asari (taxm. 891 yil) oʻsha davr olimlariga maʼlum boʻlgan dunyo mamlakatlari geogr. siga … Читать далее

YAYLOV YOʻLI

«YAYLOV YOʻLI», «Oltin yoʻli» — Xitoydan Mongoliya, Oltoy va Qozogʻiston yaylovlari orqali oʻtib Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga boradigan qadimiy savdo yoʻlining nomi. Keyingi paytlarda ushbu yoʻl ham Buyuk ipak yoʻli deb atalmoqda. Yoʻlning «oltin yoʻli» deb atalishi uning qadim zamondagi Oltin togʻ, yaʼni Oltoy togʻ etaklarida joylashgan yaylovlardan oʻtganligi bilan bogʻliqdir. Hun imperiyasi, … Читать далее