GLOSSEMATIKA

GLOSSEMATIKA (yun. glossematos — til) — umumlingvistik nazariya. 20a. 30-y. larida Kopengagen un-tida L. Yelmslev va b. tomonidan yaratilgan. Mualliflar gnoseologik masalalar yechimi (bunda mantiqiy pozitivizmning falsafiy taʼsiri nazarda tutiladi)ni qatʼiy inkor etib, yangicha metodlarni ishlab chiqishni moʻljalladilar. Bu metodlar yordamida til hodisalarini qaramaqarshiliklarsiz, mukammal va nihoyatda oddiy qilib (ekspertizm asosida) tasvirlab berish imkoniyati bor. G. moxiyatan F. de Sossyur taʼlimoti bilan alokador va unga juda yaqin turadi. Glossematika dagi lingvistik taxlil metodikasi deduksiya sifatida xarakterlanadi. U taxlil qilinayotgan matn asosida sistemani belgilashga olib kelishi kerak. Buning uchun dastlabki maʼlumotlar — yaxlit matn izchillik bilan mayda qismlarga (bosqichlarga, gaplarga, soʻzlarga, boʻgʻinlarga va fonemalarga) boʻlinadi. Har bosqichda birlikni belgilashning asosiy usuli taxlil boʻladi. Glossematika dagi taxlilning ikkinchi muhim bosqichi til birliklari oʻrtasidagi funksiyalarni hisobga olishdir. Oʻzaro bogʻliqlikdan kelib chiqadigan til hodisalarini rasman taxlil va bayon qilishda Glossematika samarali natijalar beradi.

Ad.: Yelmslev L., Metod strukturnogo analiza v lingvistike [Istoriya yazыkoznaniya XIX—XX vv. V ocherkax i izvlecheniyax, ch. II ], M., 1965; Gak V. G., K probleme semanticheskoy problematiki [Problemы strukturnoy lingvistiki], M., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x