GARMONIYA

GARMONIYA (yun. harmonia — bogʻlanish, mutanosiblik) — 1) koʻp ovozli musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biri. Bunda asar mazmuni kuy rivoji orqaligina emas, balki unga hamohang boʻlgan turli akkordparning almashinuvi yordamida ifodalanadi. Garmoniya muayyan lad va tonallikka oid akkordlarning sadolanish xususiyatlariga hamda ularning musiqa jarayonidagi turgʻunligi yoki beqarorligiga asoslanadi. Odatda (gomofoniyauspubiaa) bosh kuy yuqori ovozda (baʼzan oʻrta yoki past ovozlarda) bayon etilib, oʻzga ovozlarda unga uzviy bogʻliq boʻlgan kuy parchalari ham maʼlum Garmoniya majmuini tashkil etishi mumkin. Kompozitorlar akkordlar muvozanatidan turlicha foydalanib oʻzlariga xos Garmoniya uslublarini kashf etishgan. Shuningdek, muayyan ijodiy yoʻnalish (mas, Vena klassik maktabi), oqim (musiqaviy romantizm, impressionizm), milliy maktab namoyandalari ham maʼlum Garmoniya majmuiga tayanishgan;

2) musiqashunoslikning muayyan tadqiq sohasi hamda maxsus musiqa oʻquv yurtlarida oʻzlashtiriladigan fan.

Ad.: Mazel L., Problemы klassicheskoy garmonii. M., 1972; Zakrjevskaya S, Garmoniya v tvorchestve kompozitorov Oʻzbekistana, Tadjikistana i Turkmenii, T., 1979; Azimova O., Garmoniya, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x