GILGAMESh

GILGAMESh — Shumerdatk Uruk sh. ning yarim afsonaviy hokimi (mil. av. 27—26-a. lar). Mil. av. 3-ming yillikdagi Shumer epik qoʻshiq (doston) larida va mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlariga oid katta dostonda Gilgameshning yovvoyi odam — Enkidu b-n doʻstligi, mangu hayotga erishish siruasrorlarini izlash yoʻlidagi sarguzashtlari bayon etilgan. Gilgamesh haqidagi afsona xettlar, … Читать далее

GEOGRAFIYA

GEOGRAFIYA (yun. geo… va…grafik) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi b-n ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-y. larda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9 — 10-a. lardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida «surati … Читать далее

VAHDONIYAT

VAHDONIYAT (arab. — yakkalik, yagonalik) — Allohning yakka-yagonaligini tanish va eʼtirof etish. Islomning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik gʻoyasini ximoya qilsa ham, bu dinlarda uzil-kesil shakllanmadi. Qurʼonda aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygʻambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning oʻgʻli deb eʼtiqod qilinadi (9:30). Vahdoniyat «Ixlos» surasida yaqqol va ravshan bayon qilingan. «Anbiyo» surasida esa … Читать далее

BIOIQLIM ATLASI

BIOIQLIM ATLASI — ochiq havoda va meteorologik omillar majmui muhitida odamga taʼsir koʻrsatadigan iqlim koʻrsatkichlarining muayyan hudud doirasida taqsimlanishini aks ettiradigan xaritalar toʻplami. Mintaqaning birinchi Bioiqlim atlasi («Bioklimaticheskiy atlas Sredney Azii») 1973-y. da V. A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya i. t. in-tida tayyorlangan. Atlas mintaqa hududida oʻtkazilgan koʻp yillik bioiqlimiy va meteorologik tadqiqotlar hamda … Читать далее

BEDIL

BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod sh. — 1721, Dehli) — shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Ota-bobosi kesh (shahrisabz)lik, turkiy bar-los urugʻidan. Yoshligidan turli fanlarga qshiqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan taʼlim sshgan. Hindiston boʻylab koʻp sayohat qilgan, 1685-y. dan umrining oxirigacha Dehpida yashagan. Fors tilida ijod … Читать далее

GOLBAX

GOLBAX (Holbach) Pol Anri (1723, Geydesgeym, Pfals — 1789.21.6, Parij) — fransuz faylasufi, D. Didro va K. Gelvetsii safdoshi, «Ensiklopediyami yaratishda qatnashgan. Fransuz materializmi va ateizmining asosiy asari hisoblangan «Tabiat tizimi yoki Tabiiy va ruhiy olam qonunlari toʻgʻrisida» kitobini yozgan, unda sensualizm, determinizm va ateizm izchillik bilan qisqa bayon qilinadi, materiya abadiy va yaratilmagan deb … Читать далее

GINEKOLOGIYA

GINEKOLOGIYA (yun. gynaikos — ayol va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash … Читать далее

GETEROFONIYA

GETEROFONIYA (getero… va yun. phone — tovush) — musiqa asari tarkibidagi ovozlarning oʻzaro nisbatlari (musiqiy faktura)ga tegishli tushuncha, koʻp ovozlilik turi. Geterofoniya biron kuyni badiha usulida bir nechta ovoz (cholgʻu) vositasida ijro etilishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda kuy ohangdosh ovozlarda ritmik, intonatsion kabi oʻzgarishlar b-n bayon etiladi. Geterofoniya ogʻzaki anʼanadagi musiqaga, xususan oʻzbek anʼanaviy musiqa … Читать далее

GERMANIYA DEMOKRATIK RESPUBLIKASI

GERMANIYA DEMOKRATIK RESPUBLIKASI (Deutsche Demokratische Republik) , GDR — Markaziy Yevropadagi davlat (1990-y. 3 okt. gacha mavjud boʻlgan). GDR Sharqiy Germaniya hududida 1949-y. 7 okt. da tashkil etildi. Poytaxti Berlin sh. edi. Germaniya Birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP, 1946-y. da tuzilgan) ikki raisidan biri V. Pik (ikkinchi raisi O. Groteval edi) bu davlatning prezidenti boʻldi. Ittifoqi … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее