YaʼQUBIY

YaʼQUBIY, al-Yaʼqubiy, Abul Abbos Ahmad ibn Yaʼqub (? — 897 yoxud 905) — arab tarixchisi va geografi. Bagʻdodda amaldor oilasida tugʻilgan. Armanistonda, soʻngra Xurosonda yashagan. Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Misrda qoʻnim topib, u yerdan Magʻribga borgan. Yaʼqubiyning «Kitob ul buldon» («Mamlakatlar kitobi») asari (taxm. 891 yil) oʻsha davr olimlariga maʼlum boʻlgan dunyo mamlakatlari geogr. siga doir boʻlib koʻp jihatdan oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Yaʼqubiy, shuningdek, «Tarix» asari muallifi boʻlib, asarning 1-qismi Ossuriya, Misr, Yunoniston va qadimiy dunyoning boshqa davlatlari tarixiga oid. 2-qismida — islom dini va Arab xalifaligining 872-yilgacha boʻlgan tarixi bayon etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x