GALILEI

GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza – 1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. Galilei aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza un-tiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat. sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, Galilei tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida mat. ni oʻrgangan va ixchamgina «Kichik tarozular» asarini yozgan (1586; 1655-y. nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. Galilei mexanika bilan astoydil shugʻullangan. Keyinchalik inersiya qonunink kashf etgan, kuchlarni qoʻshish qoidasini ifodalab bergan, koʻchirma harakat tezligi doimiy boʻlgan chogdagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy kursatkichlarini mikdoriy jihatdan aniqlagan. Jismning qiya tekislikdagi harakati, maʼlum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab Galilei kashf etgan, harakatning saqlanishi toʻgʻrisidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan. Galiley — Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. Galilei olam tuzilishini tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi. Oʻzi yasagan (32-marta katta qilib kUrsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining Uzgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va Quyoshning uz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. Galileining bu ishlari «Yulduz xabarchisi» (1610— 11) asarida bayon qilingan. «Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog» (1632) asarida geliotsentrik sistematlt toʻgʻriligiga asosli dalillar keltirgan. Abu Rayhon Beruniy qabi Galilei ham Aristotelning «yengillik kuchi» tushunchasiga qarshi chiqib, faqat ogʻirlik kuchini tan oldi. U tabiiy hodisalarni tajriba va matematik fikrlash asosida tushuntirishga harakat qilgan.

Galilei dunyoqarashi — mexanistik materializm. U olamdagi barcha hodisalar moddiy asosga ega boʻlib, mexanika qonunlariga boʻisunadi, deb tushungan, sxolastikata qarshi chiqqan. Mexanistik materializmning barcha nuqsonlari Galilei dunyoqarashiga ham taalluqli. Galilei oʻz zamonasining igʻlor goyali kishilaridan bulgan.

Galileining isteʼdodi fan sohalari bilan cheklanib qolmaydi: u musiqachi, rassom, sanʼat shinavandasi, adabiyotshunos ham boʻlgan. Uning ilmiy risolalari ravon va oddiy tilda yozilganligi uchun ularni ham badiiy adabiyot jumlasiga qoʻshish mumkin. U lotin tilini mukammal egallagan. N. Kopernikning geliotsentrizmini qatʼiy yoqlagani uchun Galilei 1633-y. da katolik cherkov tomonidan inkvizitsiya sudiga berilgan, natijada N. Kopernik taʼlimotidan voz kechishga majbur boʻlgan va 1633-y. 22-iyunda cherkovda taz chukib tavba qilgan; unga Yer harakati toʻgʻrisida gapirish va asarlarini nashr qilish taqiqlab qoʻyilgan. Galilei umrining oxirigacha «inkvizitsiya asiri» hisoblangan. Galilei 1637-y. da koʻr boʻlib qolgan. Asrlar oʻtib xaqikat qaror topdi: 1992-y. da Rim papasi Ioann Pavel 2 inkvizitsiya sudi karorini notoʻgʻri deb topdi va Galileini oqladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x