BIOIQLIM ATLASI

BIOIQLIM ATLASI — ochiq havoda va meteorologik omillar majmui muhitida odamga taʼsir koʻrsatadigan iqlim koʻrsatkichlarining muayyan hudud doirasida taqsimlanishini aks ettiradigan xaritalar toʻplami. Mintaqaning birinchi Bioiqlim atlasi («Bioklimaticheskiy atlas Sredney Azii») 1973-y. da V. A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya i. t. in-tida tayyorlangan. Atlas mintaqa hududida oʻtkazilgan koʻp yillik bioiqlimiy va meteorologik tadqiqotlar hamda kuzatishlar natijasida toʻplangan materiallar asosida tuzilgan 136 xaritadan iborat. Atlasda (yilning har bir oyi uchun oʻrtacha quyosh vaqti bilan soat 13 da): havo harorati; toʻgʻri quyosh radiatsiyasi intensivligi; odam tanasining qisqa toʻlqinli, uzun toʻlqinli va umumiy radiatsiya balansi; odam tanasi bilan havo oʻrtasidagi konvektiv issiqlik almashinuvi; terlash natijasida sarf boʻladigan issiqlik va suv, jumladan, ochiq havoda 1 va 2ish smenasida terlash orqali sarflangan suv miqdorining yigʻindisi; ekvivalentsamarali harorat va b. Atlasda odam issiqlik balansi usulining nazariy asoslari, ularda bioiqlimiy koʻrsatkichlarning fazoviy taqsimlanishidagi asosiy qonuniyatlar bayon etilgan.

Ad.: Bioklimaticheskiy atlas Sredney Azii [Sost. B. A. Ayzenshtat], M., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x