GERMANIYA DEMOKRATIK RESPUBLIKASI

GERMANIYA DEMOKRATIK RESPUBLIKASI (Deutsche Demokratische Republik) , GDR — Markaziy Yevropadagi davlat (1990-y. 3 okt. gacha mavjud boʻlgan). GDR Sharqiy Germaniya hududida 1949-y. 7 okt. da tashkil etildi. Poytaxti Berlin sh. edi. Germaniya Birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP, 1946-y. da tuzilgan) ikki raisidan biri V. Pik (ikkinchi raisi O. Groteval edi) bu davlatning prezidenti boʻldi. Ittifoqi izidan bordi. Ichki siyosatda xususiy mulkchilikni tugatib, sotsializm qurish niyatini eʼlon qildi. Avvaliga koʻpgina nemislar fashizmga qarshi boʻlgan oʻz davlatini barpo etishda bajonidil katnashdi. Biroq, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, maxfiy politsiya va GBSPning tanho hukmronligi asta-sekin aholining bu davlatdan hafsalasini pir qila boshladi. Sotsialistik rejali xoʻjalik sobiq GDRdagi kishilarni shaxsiy tashabbus va mustaqillikdan batamom mahrum etdi, iktisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlmish oʻrta qatlam tugatib yuborildi, omilkorlik va mehnat faolligi falaj qilib qoʻyildi. Iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi gʻarb andozalariga nisbatan past edi. 1979-y. da bu koʻrsatkich gʻarb darajasining 46% ni va 1989-y. da 3040% ni tashkil etdi. Turmush darajasi, uy-joy taʼminoti past edi. Mana shularning hammasi GDR aholisining noroziligiga sabab boʻldi. Fuqarolarning nihoyat, gʻarbiy qardoshlar bilan birlashish haqidagi talablari kuchayib bordi. 1989-y. kuzida GDRda oʻtkir ijtimoiysiyosiy tanglik vujudga keldi. Berlinni va, umuman, nemis millatini ikkiga boʻlib turgan Berlin devori qulatildi (q. Berlin va Berlin devorining qulatilishi). Natijada GBSP rahbariyati isteʼfoga chiqdi (1990-y. fev. da GBSP Demokratax sotsializm partiyasiga aylantirildi). Yangi hukumat Germaniya ni birlashtirish masalalari yuzasidan GFR hukumati b-n muzokara boshladi. 1990-y. may va avg. oylarida imzolangan ikkita davlat shartnomasida GDRni GFRga qoʻshish shartlari bayon etildi. Oʻsha yil 12 sent. da Moskvada sobiq SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va ikkala Germaniya vakillari tomonidan Germaniya birligi masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Unda Germaniyani birlashtirishga oid masalalarning butun majmui hal etib berildi. da GDR GFRga qoʻshildi va natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x