KIRISH SOʻZLAR

KIRISH SOʻZLAR — gap bilan sintaktik bogʻlanmagan soʻzlar. Soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini («baxtimga», «afsuski»), fikrning umumiy bahosini («ehtimol», «albatta»), kimga karashli ekanligini («menimcha», «aytishlaricha») yoki oldingi fikr bilan aloqasini («xullas», «nihoyat») bildiradi. Пост Навигацияси

ZAYDON

ZAYDON Jurji (1861.14.12, Bayrut — 1914.21.8, Qohira) — arab yozuvchisi, publitsist va olimi. Bayrutdagi tibbiyot kollejida oʻqigan (1881—82). 19-a. 80-y. larida Misrga koʻchib kelib, «Al-Hilol» jur. (1892)ni tashkil qilgan. 3. yangi arab adabiyotida tarixiy roman janriga asos solgan. U «Islom tarixidan qissalar turkumi»ni tashkil etgan 17 ta tarixiy roman muallifi («Gʻassonlik qiz», 1895 — 96; … Читать далее

ZIJI KOʻRAGONIY

«ZIJI KOʻRAGONIY», «3iji jadidi Koʻragoniy» («Koʻragoniy yangi astronomik jadvali») , «Ulugʻbek ziji» — Samarqand yaqinidagi rasadxonada Mirzo Ulugʻbek rahbarligida yaratilgan (1437) ilmiy asar. Ikki boʻlimdan (batafsil yozilgan muqaddima va vaziyatlari elliptik sistemada berilgan 1018 ta yulduzning jadvalidan) iborat. Muqaddima 4 qismga ajratilgan. lqism — xronologiyada Sharq xalqlarining yil hisoblash usullari bayon qilingan. Arab, yunon, eron, … Читать далее

BOLA HUQUQLARI TOʻGʻRISIDA KONVENSIYA

BOLA HUQUQLARI TOʻGʻRISIDA KONVENSIYA — bolalar huquqi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega boʻlgan hamda kelajakka qaratilgan eng toʻla va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-y. 20 noyab. da bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-y. da qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya «Insoniyat oʻzida mavjud boʻlgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga … Читать далее

BOBURNOMA

«BOBURNOMA» — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; uzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530). «Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa «Vaqoye» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan. «Boburnoma»da 1494—1529-y. … Читать далее

BUDDA

BUDDA (sanskritcha — xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan) — buddizmyaa bir necha bor qayta tugʻilishlar jarayonida mutlaq haqiqatga yetishgan va b. ga diniy najot yoʻlini koʻrsatishga qodir zot. Keng maʼnoda — har bir inson juda koʻp ezgulik qilish, bu dunyoning barcha sevimli narsalari foydasiz ekanini anglash orqali Buddaga aylanishi mumkin. Buddizm panteonida yuzlab turli Buddalar … Читать далее

BRUNO

BRUNO (Bruno) Jordano Filippo (1548, Nola 1600.17.2, Rim) italyan faylasufi, kosmologi va shoiri; panteizm namoyandasi. Bruno xristian ilohiyoti asoslari bilan birga N. Kopernik nazariyasini oʻrgandi. U yoshligidan turli nazariyalarga tanqidiy koʻz bilan qarab, har bir masala boʻyicha oʻzining mustaqil fiqolarini qaramaqarshi qoʻyadi. Baʼzan uning bunday mustaqil gʻoyalari cherkov va xristianlik aqidalariga zid keladi. Hurfiqoliligi uchun … Читать далее

VISHINSKIY

VISHINSKIY (Vыshinskiy)Andrey Yanuaryevich [1883.28.11 (10.12), Odessa – 1954.22.11, Nyu-York, AQSH] – sobiq Ittifoq prokuror oʻrinbosari va prokurori (1933—39). Akad. (1939). Vishinskiy asarlarida bayon etilgan «huquqiy» qoidalar qonunchilikni qoʻpol ravishda buzish, ommaviy qatagʻonlarni amalga oshirish uchun xizmat qildi. Jumladan, ayblanuvchining oʻz aybiga oʻzi iqror boʻlishi — asosiy isbot-dalildir, deb qarashdan iborat gʻayriqonuniy usul keng qoʻllanildi. Vishinskiy … Читать далее

VANT-GOFF

VANT-GOFF (Vanʻt Hofl ) Yakob Xendrik (1852.30.8, Rotterdam —1911.1.3, Berlin) — golland kimyogari, fizik kimyo va stereokimyo asoschilaridan biri. Peterburg FAning xorijiy muxbir aʼzosi (1895-y. dan). Amsterdam (1878-y. dan) va Berlin (1896-y. dan) un-tlarining prof. 1874—75 y. larda uglerod atomining toʻrttala valent kuchlari tetraedrning uchlariga yoʻnalgan degan fikrni olgʻa surdi va organik birikmalarning molekulalarida atomlarning … Читать далее

GRASS

GRASS (Grass) Gyunter [1927.16.10, Polsha, Dansig (Gdansk)] — nemis yozuvchisi. 1956-y. da «Uchar tovuqlarning afzalligi» sheʼriy toʻplami nashr etilgan. «Tunuka nogʻora» (1959) romani mashhur. Unda nemis xalqining yaqin va olis tarixi, insoniyat oldidagi aybi va uni anglash haqida soʻz boradi. Grass bu romanini «Mushuk-sichqon» (1961) qissasi, «It yillari» (1963) romani bilan qoʻshib, 1974-y. da «Dansig … Читать далее