GETEROFONIYA

GETEROFONIYA (getero… va yun. phone — tovush) — musiqa asari tarkibidagi ovozlarning oʻzaro nisbatlari (musiqiy faktura)ga tegishli tushuncha, koʻp ovozlilik turi. Geterofoniya biron kuyni badiha usulida bir nechta ovoz (cholgʻu) vositasida ijro etilishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda kuy ohangdosh ovozlarda ritmik, intonatsion kabi oʻzgarishlar b-n bayon etiladi. Geterofoniya ogʻzaki anʼanadagi musiqaga, xususan oʻzbek anʼanaviy musiqa ijrochiligiga xos (mas, dutor yoki tanbur joʻrligida ashula aytish va h. k.), bastakorlik va kompozitorlik ijodida ham qoʻllanilmoqda. Yana q. Unison.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x