GETEROZIS

GETEROZIS (yun. heteroisis — oʻzgarish, farqlanish) — duragay quvvatining namoyon boʻlishi, yaʼni duragaylar koʻrsatkichining ota-onaning oʻrtacha koʻrsatkichlari yoki ota-onadan birining yaxshi koʻrsatkichlariga nisbatan ustun kelish hodisasi. «Geterozis» terminini fanga amerikalik genetik G. Shell kiritgan (1914). Geterozis qarindosh boʻlmagan shakllarni; har xil liniya, zot (nav) va hamma turlarni oʻzaro chatishtirishdan olingan birinchi avlod duragaylari uchun xos. … Читать далее

GEGEL

GEGEL (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix (1770. 27. 8, Shtutgart — 1831. 14. 11, Berlin) — yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili. 1788—93 y. larda Tyubingen in-tida taxsil olgan. Bu yerda falsafa va ilohiyotni oʻrgangan. Bernda (1793—96), Frankfurtmaynda (1797— 1800) zodagon oilalarda oʻqituvchi, Iena (1801—07), Geydel-berg (1815—18) un-tlarida prof., Nyurnberg gimnaziyasida (1807—16) direktor, … Читать далее

GRUZIN YOZUVI

GRUZIN YOZUVI — gruzin tilidagi mustaqil yozuv tizimi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, Gruzin yozuvi sharqiy oromiy yozuvi asosida, taxm. mil. av. 3-a. da yuzaga kelgan. Keyinchalik yunon yozuvi taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan. Mas, yozuv yoʻnalishi, alifbodagi tartibi oʻzgargan, baʼzi unlilar ham oʻzlashtirilgan. Gruzin yozuvining rivojlanish jarayonida birbiridan keskin farqlanadigan 3 shaqli paydo boʻlgan: 1) sarlavhalarda uchraydigan (mtavruli) … Читать далее

GERMANIYA

GERMANIYA (Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (Bundesrepublik Deutschland) , GFR — Markaziy Yevropadagi davlat. Shim. va Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Mayd. 357 ming km2. Aholisi 82,16 mln. kishi (1999). Poytaxti — Berlin sh. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (viloyat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi. Davlat tuzumi. GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 23-mayda … Читать далее

VEYSMAN

VEYSMAN (Weismann) Avgust (1834.17.1, Frankfurt-Mayn — 1914.5.11, Freyburg) — nemis zoologi, evolyutsion taʼlimot nazariyotchisi. Freyburg un-ti prof. (1873-y. dan). 1860-y. dan Darvin taʼlimotini himoya qilish, uni ilmiy jihatdan asoslash va rivojlantirish ustida nazariy tadqiqotlar olib borgan. Genlarning diskretligi, ularning xromosomalarda joilashganligi va ontogenezdagi roli haqidagi hoz. zamon tasavvurlarini oldindan aytib bergan. Veysmanning irsiyat va individual … Читать далее

VEGETATSIYA DAVRI

VEGETATSIYA DAVRI — 1) meteorologik sharoitlarga koʻra yilning oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishi mumkin boʻlgan davri. Vegetatsiya davrida oʻsimlik organik moddalar hosil qiladi, urugʻ, don, tuganaklar, mevalar va b. xoʻjalik ahamiyatiga molik mahsulotlar shakllanadi va yetiladi. Moʻtadil iqlimli mintaqalarda Vegetatsiya davri bahordagi oxirgi qorasovuq boshlab kuzda tushadigan birinchi qorasovuq oʻrtasidagi vaqtga toʻgʻri keladi. Tropik va subtropik … Читать далее

GEOANTIKLINAL

GEOANTIKLINAL (geo…, anti… va antiklinal) — Yer poʻstining geosinklinal sistemasi doirasidagi alohida koʻtarilgan qismi. Uzunligi bir necha yuz km ga, kengligi oʻnlarcha km ga yetadi. Geoantiklinal koʻpincha bir qancha geologik davrlar davomida mavjud boʻlgan. Geosinklinalning rivojlanish davri oxirgi bosqichida burmalangan togʻliklarning yadrosiga aylanadi. Geoantiklinalga Kuril orollari yoyi, Markaziy Qozogʻiston, Ural va b. misol boʻladi. Geoantiklinal … Читать далее

BIR YILLIK OʻSIMLIKLAR

BIR YILLIK OʻSIMLIKLAR — barcha hayotiy sikllari bir vegetatsiya davrida, yaʼni bir yil davomida urugʻidan unib chiqib, oʻsib, gullaydigan va nayel qoldirib quriydigan oʻsimliklar. B. y. oʻ. orasida butun rivojlanish jarayoni bir necha hafta ichida tugaydigan efemer oʻsimliklar guruhi ajralib turadi. Choʻl va dasht sharoitlarida efemerlar kuz, qish yoki bahorda oʻsadi. Ular yilning koʻp davrini … Читать далее

VOQELIK

VOQELIK — tabiiy va ijtimoiy-tarixiy hodisalarni ifodalovchi obyektiv reallik. Keng maʼnoda mavjud olamni, dunyoni, borliq mazmunini ifodalasa, tor maʼnoda tayin predmet, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Falsafa tarixida Voqelik turlicha talqin etilgan. Xususan oʻrta asr falsafasida ilohiyot bilan bogʻlab tushuntirilgan: 16—17-a. faylasuflari (T. Gobbs, R. Dekart) V. ni fazo va vaqtda» mavjud moddiylik sifatida talqin etdilar. Voqelikni … Читать далее

GELMINTLAR

GELMINTLAR (Helminthos. yun. helmins, helminthos — chuvalchang, gijja) — har xil sistematik guruhlarga mansub parazit chuvalchanglar guruhi. Gelmintlarga 5 tipga mansub jonivorlar, jumladan yassi chuvalchanglardan monogeneyalar, soʻrgʻichlilar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar; toʻgarak chuvalchanglardan nematodalar va qilchuvalchanglar; halqali chuvalchanglardan zuluklar; tikanboshlilar, nemertinlar hamda sistematik oʻrni toʻliq aniqlanmagan ortonektidlar va ditsiyemidlar kiradi. Gelmintlar ekologik guruh boʻlib, juda … Читать далее