VOQELIK

VOQELIK — tabiiy va ijtimoiy-tarixiy hodisalarni ifodalovchi obyektiv reallik. Keng maʼnoda mavjud olamni, dunyoni, borliq mazmunini ifodalasa, tor maʼnoda tayin predmet, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Falsafa tarixida Voqelik turlicha talqin etilgan. Xususan oʻrta asr falsafasida ilohiyot bilan bogʻlab tushuntirilgan: 16—17-a. faylasuflari (T. Gobbs, R. Dekart) V. ni fazo va vaqtda» mavjud moddiylik sifatida talqin etdilar. Voqelikni mantiqiy bilishning muhim bosqichi deb hisoblagan Gegel, Voqelik — oʻz-oʻzini anglashga intilgan mutlaq gʻoyaning muayyan holati, mohiyat va mavjudlikning birligidir, deb tushuntiradi. Voqelikka dialektik yondashish, uni bir butunlikda, umumiy va oʻzaro aloqadorlikda tekshirish undagi muhim yoʻnalish, bogʻlanishlarni anglashga imkon beradi. Voqelikni haqiqiy baholash, undan toʻgʻri xulosalar chiqarish Voqelikni oʻzgartirishning garovi sanaladi. Hayot jarayonlarini sinchkovlik bilan kuzatish va oʻrganish orqali Voqelik mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning rivojlanish tendensiyasini aniqlash, kelajakni oldindan koʻra olish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x