GEOANTIKLINAL

GEOANTIKLINAL (geo…, anti… va antiklinal) — Yer poʻstining geosinklinal sistemasi doirasidagi alohida koʻtarilgan qismi. Uzunligi bir necha yuz km ga, kengligi oʻnlarcha km ga yetadi. Geoantiklinal koʻpincha bir qancha geologik davrlar davomida mavjud boʻlgan. Geosinklinalning rivojlanish davri oxirgi bosqichida burmalangan togʻliklarning yadrosiga aylanadi. Geoantiklinalga Kuril orollari yoyi, Markaziy Qozogʻiston, Ural va b. misol boʻladi. Geoantiklinal geosinklinallardan uni tashkil etgan jinslar qalinligining kamligi va baʼzi bir choʻkindi jins gorizontlarining yoʻqligi bilan farqlanadi. Geoantiklinalda intensiv burmalanishlar sodir boʻladi. Geoantiklinal dagi togʻ jinslari kam oʻzgaradi. Ayrim r-nning tektonik tuzilishi va Yerning geologik rivojlanishi tarixini oʻrganishda Geoantiklinalning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x