IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA — turli mamlakat va rayonlarda i. ch. kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari i. ch. va aholi hayoti b-n bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — i. ch. ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, … Читать далее

ZANG KASALLIGI

ZANG KASALLIGI, oʻsimliklar zang kasalligi — oʻsimliklarda zamburugʻlar keltirib chiqaradigan kasallik. 3. k. bilan gʻalla ekinlari, beda, Zang kasalligi: 1 — bugʻdoy zang kasali; 2—malina zang kasali; 3—nok zang kasali lavlagi, zigʻir, noʻxat, kungaboqar, bodom, olma, nok kasallanadi. Kasallangan oʻsimlik bargi, poyasi va qisman mevasida zargʻaldoq, keyinchalik jigarrang spora doʻmboqchalari paydo boʻladi, oʻsimlik yaxshi rivojlanmaydi, … Читать далее

KATTA OILA

KATTA OILA, katta patriarxal oila, oila jamoasi — oilaning tarixiy shakllaridan biri. Katta oila ota tomondan qarindoshlik, urugʻ-aymoqlikka asoslangan, bir necha ogʻa-ini, ularning xotinlari, oʻgʻillari, kelinlari, erga tegmagan qizlari, nabiralari (3 yoki undan ortiq avlod) hisobiga 20—30, ayrim joylarda 100 dan ortiq kishilardan tashkil topgan xoʻjalik guruhidir. Oilaning bu shakli Oʻzbekistonning Xorazm viloyatida «katta oila», … Читать далее

ILDIZ AJRATADIGAN MODDALAR

ILDIZ AJRATADIGAN MODDALAR — oʻsimlik hayot faoliyati jarayonida ildizlar orqali atrof muhitga ajralib chiqadigan organik va mineral moddalar. Ildizlarning moddalar chiqarishi normal fiziologik funksiyadir. Ildiz ajratadigan moddalar tarkibida oʻsimlik orga-nizmida kechadigan moddalar almashi-nuvida qatnashadigan barcha moddalar boʻladi. Mineral birikmalardan karbonat kislota, kaliy, kalsiy, magniy, natriy ionlari, sulfatlar, ammoniy xloridlar, fosfatlar va b. bor. Organik birikmalardan: … Читать далее

GAPLOFAZA

GAPLOFAZA (yun. haploos —. oddiy, bittadan va phasis — namoyon boʻlish) — organizmning rivojlanish siklila hujayra yadrosidagi xromosomalar toʻplami gaploid (bittadan) boʻlgan davr. G. turli organizmlarda rivojlanish siklining har xil davriga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik hayvonlarda Gaplofaza jinsiy hujayralardan iborat; yashil suv oʻtlarida zigotadan boshqa barcha davr Gaplofaza holatida boʻladi. Gulli oʻsimliklarda Gaplofaza yetilgan chang zarrachalari … Читать далее

GAMMA TUNLAMI

GAMMA TUNLAMI (Phytometra gamma L.) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 40—48 mm; oldingi qanotlari toʻq qoʻngʻir yoki kulrangroq boʻlib, yunon harfi — gamma (u) shaklidagi kumushsimon dogʻi bor (nomi shundan); Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. yerlarda tarqalgan. Juda koʻp ekinlar: dukkaklilar, sabzavot, makkajoʻxori va b. ni zararlaydi. Tuxumi tiniq oq, … Читать далее

BOLA HUQUQLARI TOʻGʻRISIDA KONVENSIYA

BOLA HUQUQLARI TOʻGʻRISIDA KONVENSIYA — bolalar huquqi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega boʻlgan hamda kelajakka qaratilgan eng toʻla va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-y. 20 noyab. da bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-y. da qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya «Insoniyat oʻzida mavjud boʻlgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga … Читать далее

BOZOR IQTISODIYOTI

BOZOR IQTISODIYOTI — tovarpul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. B. i. insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar i. ch. tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga … Читать далее

GLYATSIOLOGIYA

GLYATSIOLOGIYA (lot. glacies — muz va…logiya) — Yer yuzasidagi barcha muz shakllari (muzliklar, qor qoplami va b.), yer osti muzlari, ularning tuzilishi, tarkibi, fizik xususiyatlari, kelib chiqishi va rivojlanishi, geol. va geomorfologik faoliyati, geografik tarqalishi haqidagi fan. Umumiy muzshunoslikning sinonimi. Glyatsiologiya glyatsiosfera va yer yuzasi, atmosfera, gidrosfera va litosferadagi tabiiy muz va muzliklar, ularning joylashishi, … Читать далее

GEOSINKLINAL

GEOSINKLINAL (geo… va sinklinal) , geosinklinal mintaqa — Yer poʻstining uzun (oʻn, yuzlab km), nisbatan tor va chuqur choʻkmasi. Dengiz havzalari tubida vujudga keladi va odatda, yer yoriqpari bilan chegaralangan, choʻkindi va vulkan jinslarining qalin qatlami bilan toʻlgan boʻladi. Uzoq davom etgan shiddatli tektonik deformatsiyalar natijasida Geosinklinal murakkab burmali struktura — togʻ tizimlariga aylanadi. Odatda, … Читать далее