MINERAL RESURSLAR

MINERAL RESURSLAR — alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geol. da Mineral resurslar deb Yer kaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi. Mineral resurslar ishlatilishiga qarab … Читать далее

MIKROTSEFALIYA

MIKROTSEFALIYA (mikro… va yun. kephale — bosh) — rivojlanish nuqsoni; gavdaning boshqa qismlari raso boʻlgani holda kalla suyagi va bosh miyaning kichikligi. Homiladorlikda onaning virusli kasalliklar bilan ogʻrishi, toksoplazmoz, baʼzan homilaning meningoensefalit boʻlishi Mikrotsefaliyaga sabab boʻladi. Mikrotsefaliyada aqliy rivojlanishdan orqada qolish kuzatiladi. Bunda esipastlikning yengilroq xilidan to telbalikkacha boʻlgan shakli uchrashi mumkin. Пост Навигацияси

MIGRATSIYA

MIGRATSIYA (lot. migratio — koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman) — 1) aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi (q. Aholi migratsiyasi); 2) hayvonlarning yashash muhiti sharoiti yoki rivojlanish sikli oʻzgarishi bilan bir geografik hududdan ikkinchisiga koʻchishi (q. Hayvonlar migratsiyasi); 3) kimyoviy elementlarning yer qobigʻida yoki yer yuzasida oʻz joyini oʻzgartirishi (q. Elementlar migratsiyasi); 4) energiyaning bir zarrachadan boshqasiga … Читать далее

MATEMATIKA

MATEMATIKA (yun. mathematike, mathema — bilim, fan) — aniq mantiyey mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga «qisobkitob haqidagi fan» deb qaralganʻ (bugungi Matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qad. fan sohasi boʻlib, uzoq rivojlanish tari-xini bosib oʻtgan va buning barobarida «Matematika nima?» degan … Читать далее

MARKSIZM

MARKSIZM — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va b.), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va b.), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va b.) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta … Читать далее

POʻSTLOQ

POʻSTLOQ, oʻsimliklar poʻstlogʻi (cortex) — oʻsimlik poya va ildizlarining kambiydan keyingi sirt-qi qismi; har xil toʻqimalardan tu-zilgan. Birlamchi va ikkilamchi Poʻstloq bor. Birlamchi Poʻstloq oʻsish konusida birlamchi qoplovchi toʻqimalar bilan mar-kaziy silindr orasida meristemaning tashki qavatlaridan shakllanadi. U pa-renximadan tuzilgan, hamma oʻsimliklarning ildizida yaxshi rivojlanadi; ikki pallali va ochiq urugʻlilarda esa ildizpoyasida va poyalarida xam … Читать далее

MIQDOR OʻZGARISHLARINING SIFAT OʻZGARISHLARIGA OʻTISHI QONUNI

MIQDOR OʻZGARISHLARINING SIFAT OʻZGARISHLARIGA OʻTISHI QONUNI — dialektikaning qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy tarzini ochib beradi. Uni Gegel taʼriflab bergan. Rivojlanish murakkab jarayon boʻlib, unda miqdor va sifat oʻzgarishlari sodir boʻladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin roʻy beradigan mikdor oʻzgarishlaridan boshlanadi. Miqdor oʻzgarishlari maʼlum darajaga yetgach, meʼyorning buzilishi tub sifat … Читать далее

MONETARIZM

MONETARIZM (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-a. ning 50-y. larida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va b. asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni … Читать далее

POYA

POYA, tana (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) … Читать далее

MALAGASI TILI

MALAGASI TILI, malgash tili — avstronez tillari oilasidagi indonez tillari tarmogʻiga mansub, Madagaskar o. da, unga yaqin boʻlgan Komor va Seyshel o. larida tarqalgan til. Fransuz tili bilan birga Madagasskar Respublikasining rasmiy tili hisoblanadi; unda 10 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. Malagasi tili gʻarbiy va sharqiy guruh lahjalarga boʻlinadi. Sharqiy guruhdagi merina lahjasi adabiy tilga … Читать далее