VEYSMAN

VEYSMAN (Weismann) Avgust (1834.17.1, Frankfurt-Mayn — 1914.5.11, Freyburg) — nemis zoologi, evolyutsion taʼlimot nazariyotchisi. Freyburg un-ti prof. (1873-y. dan). 1860-y. dan Darvin taʼlimotini himoya qilish, uni ilmiy jihatdan asoslash va rivojlantirish ustida nazariy tadqiqotlar olib borgan. Genlarning diskretligi, ularning xromosomalarda joilashganligi va ontogenezdagi roli haqidagi hoz. zamon tasavvurlarini oldindan aytib bergan. Veysmanning irsiyat va individual rivojlanish toʻgʻrisidagi nazariyasi baʼzi kamchiliklardan xoli boʻlmasa ham, bu toʻgʻridagi zamonaviy tushunchalar uchun asos boʻlgan deyish mumkin. 20-a. ning 40-y. larida Veysman yaratgan va uning oʻzi neodarvinizm deb atagan taʼlimot darvinizmni rivojlantirishga qoʻshilgan katta hissa boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x