BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

VAHDATI MAVJUD

VAHDATI MAVJUD (arab. – mavjudot birligi) — Alloh bilan birga yagona moddiy olam bor deb hisoblaydigan taʼlimot. Bu taʼlimot tarafdorlari tabiatning abadiyligini tan oladilar, Alloh olamning oʻzida, unga singib ketgan deb qaraydilar. Vahdati mavjud vakillari odam bu dunyodan voz kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olgʻa surdilar. Hindistonda Vahdati mavjud qadimdan mavjud … Читать далее

GIPOPLAZIYA

GIPOPLAZIYA (gipo… va yun. plasis — shakllanish, xrsil boʻlish) , giponeziya — embrional rivojlanish buzilgani sababli toʻqima, aʼzo, gavdaning bir qismi va butun organizmning oʻsmay qolishi, chala yetilishi. Turli aʼzolardagi Gipoplaziyaning axamiyati har xil. Juft aʼzolardan biri (mas, buyrak) normal rivojlangan holda ikkinchisining oʻsmay qrlishi unchalik sezilmaydi, chunki normal rivojlangan buyrak gipertrofiyalanadi. Boshqa aʼzolar, mas, … Читать далее

GEOKRIOLOGIYA

GEOKRIOLOGIYA (geo… va…kriologiya) — Yer poʻstidagi muzlagan (toʻngan) qatlam (kriolitozona)ning tuzilishi, tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, tarqalishi va rivojlanish tarixini, shuningdek ularning toʻngishi va erishi b-n bogʻliq jarayonlarning geofizik va geologik qonuniyatlarini hamda kriogen geologik jarayon va hodisalarni Urganadigan fan. Umumiy, regional va tarixiy, muzlagan togʻ jinslari termodinamikasi, togʻ jinslari, muzlagan togʻ jinslari va muzliklar, muhandislik, … Читать далее

BENIN

BENIN (Benin). Benin Respublika s i (Republique du Benin) (1975-y. gacha Dagomeya) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 6 viloyatga boʻlinadi. Mayd. 112,6 ming km2. Aholisi 5,5 mln. kishi (1996). Poytaxti PortoNovo sh. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu sh. da). Davlat tuzumi. Benin — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990-y. da … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

VEGETATSION SUGʻORISH

VEGETATSION SUGʻORISH — oʻsuv davrida tuprokda optimal namlik yaratish uchun ekinlarga suv quyib turish. Bu davrdagi suv berish soni va muddatlari tuprokdagi namlik zahirasi, oʻsimlikning rivojlanish fazasi, sugʻorish maqsadlariga bogʻliq. Ekinni undirib olish, oʻgʻitlashdan keyingi (oʻgʻitni eritish maqsadlaridagi), sovuq urishdan saqlash uchun sugʻorishlar ham Vegetatsion sugʻorish sra kiradi (yana q. Sugʻorish). Пост Навигацияси

GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan … Читать далее

BUXORO MINIATYURA MAKTABI

BUXORO MINIATYURA MAKTABI — Oʻzbekiston miniatyura sanʼatidagi oʻziga xos yoʻnalish. Oʻrta asrlar (16 — 17-a. lar)da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabining rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar (16-a.), Ashtarxoniylar (17-a.) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Hirot miniatyura maktabi taʼsirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogʻliq boʻlgan va mahalliy badiiy anʼanalar … Читать далее