MYURDAL

MYURDAL (Myrdal) Gunnar (1898.6.12, Gustafs, – 1987.17.5, Stokgolm) — shved iqtisodchisi, siyosatchi va xalqaro arbob. Jahon iqtisodiyoti tadqiqoti in-tining asoschisi va direktori, BMT ning Yevropa uchun Iqtisodiy komissiyasi Bosh kotibi (1947 — 57). Stokgolm untida xalqaro iqtisodiy munosabatlar prof. (1961-y. dan). Iqtisodiy taxdilga kutiladigan va amaldagi oʻzgaruvchanliklar atamalarini kiritdi hamda ularning iqtisodiy muvozanatning vujudga kelishiga … Читать далее

MUSULMON HUQUQI

MUSULMON HUQUQI — jahondagi asosiy huquqiy tizimdardan biri (kontinental va anglosakson huquq tizimlari bilan bir qatorda). Arab xalifaligida 7—10-a. larda yuzaga kelgan Musulmon huquqining asosiy mohiyatini islom talablaridan kelib chiqadigan, musulmonlarning oʻzaro muomala va axloq qoidalari hamda ularni buzganliklari uchun qoʻllaniladigan (odatda, diniy ruxdagi) jazolar tashkil etadi (q. Shariat). Quryon, sunna, ijmo, qiyos, urf-odat Musulmon … Читать далее

MUSIQOR

MUSIQOR (arab. — musiqachi) — 1) Urta va Yaqin Sharq adabiyotida mo-hir, oliy malakali bastakor, xonanda va sozanda; 2) Sharq xalqlarining qad. puflama cholgʻu asbobi. Bir tomoni yopiq, turli uzunlikda va bir xil diametrdagi bir necha (8—13) naychalarning parallel, uchburchak shaklidagi birikmasi. Musiqor cholgʻu asbobi ilk bor Abu Abdulloh Xorazmiy (780—850) ning «Mafotix al-ulum» («Ilmlar … Читать далее

MUSIQA

MUSIQA (yun. mousiche — muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy … Читать далее

MUSAYEV

MUSAYEV Elbek (1935.15.8, Toshkent) — telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar (miniatyura) ustasi. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Urta Osiyo untini tugatgan (1958). Uzbekiston televideniyesi Bolalar va oʻsmirlar tahririyatida kichik muharrir, katta muharrir (1957— 62), «Yoshlik» bosh tahririyatining bosh muharriri (1962-67, 1969-86), dasturlar bosh direktori (1986—88), Uzbekiston televideniyesi va radioeshittirish … Читать далее

MOSKVA UNIVERSITETI

MOSKVA UNIVERSITETI, M . V . Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti — Rossiyadagi ilmiy va pedagog kadrlar tay-yorlaydigan eng yirik oliy oʻquv yurti. 1755-y. M. V. Lomonosov tashabbusi bilan tashkil qilingan. Dastlab falsafa, huquq va tibbiyot f-tlari boʻlgan. Un-t podsho Rossiyasida ilgʻor fan va maʼrifat markazi boʻlgan. Unda yirik olimlar tuplanib, turli ilmiy yoʻnalishlar shakllangan. … Читать далее

MODUL

MODUL (lot. modulus — meʼyor, oʻlchov) — 1) meʼmorlik va qurilishda — majmualar, insho-otlar va ularning kismlari oʻlchamlarini ifodalash uchun qabul qilingan asbob, oʻlchov. M. ni qoʻllash natijasida bino, inshoot yoki uning qismlari oʻlchamlaridagi takrorlanuvchan (karrali) nisbatlari beriladi, qismlar uygʻunlashadi, qismlarning mutanosibligi taʼminlanadi hamda qurilish ishlari osonlashadi. Modul sifatida uzunlik oʻlchovi (fut,metr), bino elementlaridan birining … Читать далее

METISLAR

METISLAR (frans. — birlikda metis, soʻnggi lot. mixticius — aralash dan) — 1) antropologiyada turli irq vakillari oʻrtasidagi aralash nikoxlardan tugʻilgan avlod. Amerika, Afrika, Osiyo va Avstraliya mamlakatlarida aholining koʻpchilik foizini tashkil etadi; 2) Amerikada yevropeoid irq vakillarining indeyslar bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan avlod. Пост Навигацияси

MARKAZIY HARBIY SPORT KLUBI

MARKAZIY HARBIY SPORT KLUBI (MHSK) – OʻzR Mudofaa Vazirligining sport muassasasi, 1993-y. da tashkil etilgan. Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida sportni ommaviylashtirish, yuqori mahoratli harbiy sportchilar tayyorlash vazifasini bajaradi. Shu maqsadda harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagilar va oʻsmirlar oʻrtasida turli toifadagi musobaqalar, Qurolli kuchlar birinchiliklarini oʻtkazadi. MHSK Toshkentda 2 ta … Читать далее

MIRZA

MIRZA — 1) yozuvchizuv ishlarini olib borgan mansabdor shaxs, kotib; 2) savodli, oʻqimishli kishi; 3) Urta Osiyo xalqlarida kishi ismi. Loading… Пост Навигацияси Previous PostMIRBOZOR Next PostMIRZA SALIMBEK