MUSIQOR

MUSIQOR (arab. — musiqachi) — 1) Urta va Yaqin Sharq adabiyotida mo-hir, oliy malakali bastakor, xonanda va sozanda;

2) Sharq xalqlarining qad. puflama cholgʻu asbobi. Bir tomoni yopiq, turli uzunlikda va bir xil diametrdagi bir necha (8—13) naychalarning parallel, uchburchak shaklidagi birikmasi. Musiqor cholgʻu asbobi ilk bor Abu Abdulloh Xorazmiy (780—850) ning «Mafotix al-ulum» («Ilmlar kalitlari», Leyden, 1899) qomusida sharxlangan. Urta asr Sharq miniatyuralarida tasvirlangan. Taxm. 18-a. dan keyin Urta Osiyo musika amaliyotidan chiqib, keyinchalik unutilgan. Musiqorning ayrim turlari Ruminiya, Bolgariya, Moldaviya va Turkiyada muskal, Gre-siyada sevnitsa, Gruziyada larchemi, soinari, Litvada skuduchyay nomlari bilan mashhur;

3) Sharq adabiyotida afsonaviy qaqnus qushining nomlaridan biri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x