BOTANIKA

BOTANIKA (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika birbiri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

BULGAKOV Georgiy Pavlovich

BULGAKOV Georgiy Pavlovich (1893, Tbilisi — 1943, Toshkent) — ixtiolog, Moskva uiti fizikamatematika f-tining tibbiyot boʻlimini tamomlagan (1917). Oʻrta Osiyo davlat untining prof. (1934), shu untda umurtqalilar kafedrasining mudiri (1937). B. Oʻrta Osiyo suv havzalari ixtiofaunasini tekshirgan, baliqlarning yangi turlarini oʻrgangan. Bulgakovning ilmiy ishlari kaspiy seldi va koʻllarda yashovchi baliqlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Пост Навигацияси

BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA BOGʻI — tirik oʻsimliklar kolleksiyasini yigʻadigan va shu asnoda oʻsimliklar dunyosi xillari va boyligini oʻrganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., oʻquvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. Botanika bogʻi asosini ochiq dalada va oranjereyalarda oʻstirilib, i. t. ishlarida va koʻrgazmalarda foydalaniladigan oʻsimliklar kolleksiyasi tashkil etadi. Oʻsimliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik Botanika … Читать далее

BOYMUHAMEDOV Hosil Nurmatovich

BOYMUHAMEDOV Hosil Nurmatovich (1918.1.12 Toshkent 1990.14.7) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1960), prof. (1962). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1943). Oʻzbekiston Geol. boshqarmasida katta geolog va geologkonsultant (195052). Oʻrta Osiyo politexnika in-tida dotsent (1950—61). Geol. va mineral … Читать далее

BOBOYEV Qurbonali Latipovich

BOBOYEV Qurbonali Latipovich (1910.26.12, Oqmoʻla sh.2000.5,8, Toshkent) — geolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). geol. mineralogiya fanlari d-ri (1962), prof. (1963). Oʻrta Osiyo industrial intni tugatgach (1936), geol. ixtisosidagi turli muassasalarda foydali qazilmalarni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan. Urush qatnashchisi (1942—43). 1944-y. dan «Uzbekoltinkamyobmet» trestida bosh geolog, direktor oʻrinbosari. Uzbekiston FA Geologiya in-ti direktori oʻrinbosari … Читать далее

BIHISHTI

BIHISHTI, Behishti— oʻrtapishar vinobop uzum navi. Vatani—Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining oʻsishi oʻrtacha, bargi toʻgarak yoki tuxumsimon, uch boʻlakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—30 sm, eni 8 — 12 sm), silindrkonussimon, ogʻirligi 200— 250 g. Gʻujumi dumaloq, sargʻishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtaʼm, poʻsti qalinroq, yupqa … Читать далее

VASXNIL

VASXNIL prezidenti (1929 — 35) S. I. Vavilovning akasi. V. Saratov un-ti prof. (1917). 1921-y. dan Petrograddagi Amaliy botanika va seleksiya boʻlimi mudiri, 1930-y. dan 1940-y. ning avg. tigacha Butunittifoq oʻsimlikshunoslik in-ti direktori. Vasxnil seleksiyaning hoz. zamon biologik asoslari toʻgʻrisidagi taʼlimotni, madaniy oʻsimliklarning kelib chikish markazlari, ularning geografik tarqalishi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratdi, oʻsimliklarning yuqumli kasalliklarga … Читать далее

BERTELS Yevgeniy Eduardovich

BERTELS Yevgeniy Eduardovich [1890.13(25). 12, Peterburg1957.7.10, Moskva] — sharqshunos olim. Oʻzbekiston FA (1956). Turkmaniston FA (1951) faxriy aʼzosi. Oʻzbekistonda (1944) va Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, prof. (1928), filol. fanlari d-ri (1935). Peterburg untining ququqshunoslik (1914) va sharq (1918) f-tlarini tamomlagan. FA Osiyo muzeyi (keyinchalik Sharqshunoslik inti)da (1918—42, 1946-y. dan umrining oxirigacha), Oʻzbekiston FA … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее