MIQQIY

MIQQIY (Falco tinnunculus) — lochinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Gavdasining uz. 31—38 sm, vazni 180—240 g. Qanoti kambarsimon, uchki qismi ingichkalashgan, uz. 23—27 sm. Osiyo, Yevropa, Afrikada tarqalgan. Osiyo va Afrikaning tropik va subtropik hududlarida qishlaydi. Oʻrta Osiyoda oʻtroq yashaydi. Do-imiy juft hosil qiladi. Jarlar va qoyalardagi kovaklarga hamda daraxtlarga uya quradi. 4—5 ta tuxum … Читать далее

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich (1908.7.9, hoz. Shofirkon tumani Tezguzar qishlogʻi — 1974.22.7, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1956), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari d-ri (1950), prof. (1950). Buxoro bilim yurtida oʻqigan (1925—27). Samarqand Pedakademiyasining ijtimoiy-iktisodiy f-tini tugatgan (1931), shu yerda oʻqi-tuvchi boʻlib ishladi. Pedakademiya Uzbekiston untiga aylantirilgach, filol., keyinchalik … Читать далее

MANGOSTAN

MANGOSTAN, mangustan (Gareinia mangostana) — dalachoydoshlar oilasiga mansub ikki uyli past boʻyli daraxt. Bargi qalin, yaxlit, toʻq yashil. Guli yakka yoki toʻp-toʻp, gulbargi qalin, pushti. Vatani — Malakka va Malay arxipelagi. Osiyo tropiklarida mevasi uchun oʻstiriladi. Mevasi dumaloq (apelsindek) qizil yoki jigarrangbinafsha, xushboʻy, mazasi nordonshirin, isteʼmol qilinadi. Пост Навигацияси

MURTAZAYEV Asan Murtazayevich

MURTAZAYEV Asan Murtazayevich (1900.20.11, Yevpatoriya — 1983, Toshkent) — fizik kimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961), kimyo fanlari d-ri (1950), prof. (1950), Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1930). Oʻrta Osiyo geol. qidiruv in-ti xodimi (1930—31), Oʻrta Osiyo untida dotsent (1936—42), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika intida (1937 — 42), Toshkent farmatsevtika in-tida (1943—77) kafedra mudiri. Ilmiy … Читать далее

MUTRIBIY

MUTRIBIY, Noiy (taxalluslari; asl ism-sharifi Mavlono Sultonmuhammad Mutribiy Noiy Samarqandiy) (1558, Samarqand — 17-a. ning 30-y. lari) — shoir, adabiyotshunos, xattot va sozanda. Forsiyda ijod qilgan. Samarqand maktab va madrasalarida oʻqigan. Maʼlumotini oshirish uchun Buxoroga borib, zamonasining yetuk olimlari qoʻlida taʼlim olgan. 16a. oxirida Samarqandga qaytib, ijod b-n shugʻullangan. Mutribiyning Samarqandda tuzgan «Tazkirat ush-shuaro» (1605) … Читать далее

MUZLIKLAR

MUZLIKLAR — siljib turadigan tabiiy muz toʻplamlari. Bir sutkada bir necha sm dan oʻnlab m gacha siljiydi. Muzliklar koʻp yillar davomida toʻplangan krrlardan paydo boʻladi. Qutb oʻlkalarida (Antarktida, Grenlandiya va shim. orollarda) kalinligi 2 —3 km ga yetadigan muz qatlamlari hosil boʻladi. Muzliklar morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga … Читать далее

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich (1914.1.12 — Bagʻdod tumani, Konizar qishlogʻi — 2000.18.3) — agronom olim, davlat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), q. x. fanlari d-ri (1962), prof. (1964). Samarqanddagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1936). Buxoro viloyati Shofirkon MTSida bosh agronom (1936-37), SoyuzNIXIda aspirant, boʻlim mudiri (1937—41), OʻzSSR Davlat kontroli … Читать далее

MILITSIYA

MILITSIYA (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom» (1993-y. 8 yanv.), … Читать далее

PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna

PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna (1915.7.2, Olmaota) — sanʼatshunos, arxeolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1937). Oʻrta Osiyo un-ti (ToshDU) tarix f-ti arxeologiya kafedrasi do-senti (1942—60), prof. (1962). Sanʼatshunoslik i. t. institutida katta il-miy xodim (1958— 60), sanʼat va meʼmorlik tarixi boʻlimi mudiri (1960 — 84) … Читать далее

MADRASA

MADRASA (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-a. larda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-a. larda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. Madrasa larda milliy ziyolilar … Читать далее