MARKO POLO

MARKO POLO (Marko Polo) – (1254 — Venetsiya — 1324.8.1) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. Marko Polo 1271—75 y. larda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo ya. o. ning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) sh. lari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib … Читать далее

MARKAZIY OSIYO

MARKAZIY OSIYO — Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Mayd. 6 mln. km2. Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan. esa Tibet hudoʻdidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. Markaziy Osiyo dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari … Читать далее

MOʻGʻULLAR ISTILOSI

MOʻGʻULLAR ISTILOSI — Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka … Читать далее

MUSHMULA

MUSHMULA (Mespilus) — raʼnodoshlarga kiruvchi mevali daraxt. 2 turi mavjud: 1) Yapon Mxi yoki lokva — bu doim yashil oʻsimlik vatani — Sharqiy Osiyo. Daraxt bal. 6—8 m, tanasining va shoxlarining rangi toʻqkulrang. Barglari yirik, dagʻal, shakli uzun-choq, baʼzan ovalsimon, uchi oʻtkir, yuzasi yaltiroq, yaproqning ostki tomoni tukli. Mushmula kech kuzda yoki qish boshida gullaydi. … Читать далее

MIXAYLOV

MIXAYLOV Sergey (1976.3.5, Oʻsh sh., Qirgʻiziston) — bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002), «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» (2000). Andijon shahar respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida oʻqigan (1989—92). Andijon untini tugatgan (2002). «Dinamo» sport jami-yatining boks yoʻriqchisi (2003). Oʻzbekiston chempioni (1997—2001), 3 karra Osiyo chempioni (1997, Bangkok; 1999, Toshkent; 2002, Serembran), 2-marta Osiyo oʻyinlari gʻolibi (1998, Bangkok; … Читать далее

MUQOVASOZLIK

MUQOVASOZLIK, muqovachilik, sahhoflik — kitob, jurnal va b. ni muqovalash kasbi; matbaa jarayonlaridan biri. Muqovalash kitob blokini ishlash (juzlangan daftarlarni tikish, yelimlash, presslash, uch tomonidan tekislab kesish), muqova gʻilofini tayyorlash (gʻilofni yigʻish, ungatasvir va matnni tushirish) va muqovani kitob bloki bilan biriktirish kabi jarayonlardan iborat. Bu jarayonlar potok liniyalarda mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Muqovasozlik qad. … Читать далее

MUSIQASHUNOSLIK

MUSIQASHUNOSLIK — sanʼatshu-noslik sohasi, musiqa haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqiy folkloristika (etnomusiqashu-noslik), musiqiy tanqid va musiqiy jurnalistika kabi asosiy qamda boshqa fanlarga aloqador (musiqiy akustika, musiqiy psixologiya, musiqiy paleografiya, musiqiy estetika, musiqiy sotsiologiya, musiqiy sharqshunoslik, musiqiy bibliografiya va notografiya va b.) sohalarni oʻz ichiga oladi. Nazariy Musiqashunoslik, umuman musiqa sanʼati yoki muayyan davr, … Читать далее

MUCHAL

MUCHAL, muchal yil hisobi — Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida miloddan 2000-yillar oldin kiritilgan xitoylarning siklik kalendari yotadi. 60 yillik sikl bilan yilning nomlari qaytariladigan bu taqvim aslida Quyosh — Oy kalendari (q. Kalendar) boʻlib, u Oyning Yer atrofida aylanish davriga (bu davr sinodik oy deyilib, 29,53 sutkaga teng) va … Читать далее

MUSHRIF

MUSHRIF (taxallusi; ismi Mirzo Qalandar) (? — Isfara — 1825) — shoir va olim. Qoʻqon madrasasida oʻqigan. 1818-y. dan Umarxon saroyida lashkar qozisi vazifasini bajargan. Muhammad Alixon davrida Isfarada qozi boʻlgan. Forsiy va turkiyda ijod qilgan. Gʻazal va qasidalarida Umarxonni madh etgan, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan, insof va adolatni ulugʻlagan. M. Umarxon taklifi bilan «Shahnomayi nusratpayom» … Читать далее

MINERAL RESURSLAR INSTITUTI

MINERAL RESURSLAR INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi tarkibidagi i. t. instituti — geologik i. ch. boʻyicha respublikada yetakchi ilmiy metodik markaz. Oʻrta Osiyo yer osti qazilmalarini keng koʻlamda oʻrganish markazi sifatida 1957-y. da Toshkentda tashkil etilgan. 1994-y. gacha Oʻrta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot in-ti, 1994-y. apr. dan hoz. nomda. Oʻzbekistonning … Читать далее