MUSAYEV

MUSAYEV Elbek (1935.15.8, Toshkent) — telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar (miniatyura) ustasi. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Urta Osiyo untini tugatgan (1958). Uzbekiston televideniyesi Bolalar va oʻsmirlar tahririyatida kichik muharrir, katta muharrir (1957— 62), «Yoshlik» bosh tahririyatining bosh muharriri (1962-67, 1969-86), dasturlar bosh direktori (1986—88), Uzbekiston televideniyesi va radioeshittirish qoʻmitasi raisiningoʻrinbosari (1988— 92). Musayevning televideniyedagi ijodiy faoliyati «Istiqbol egalari», «Gʻazalxon yoshligim», «Romantika» televizion teatri, «Talabalik — oltin davrim», «Ona shaxrim — Toshkentim», «Zehn» turkum koʻrsatuvlari bilan bogʻliq. U Navroʻzga bagʻishlanib oʻtkaziladigan uzluksiz telekoʻrsatuv tashkilotchilaridan. U ayniqsa, oʻzi asos solgan «Teleminia-tyuralar teatri», «Otalar soʻzi — akdning koʻzi» dasturlari bilan elga tanildi. 1962-y. dan beri koʻrsatib kelinadigan «Otalar soʻzi — aqlning koʻzi» koʻrsatuvi oʻzbek xalqining eng yaxshi urf-odatlari, anʼanalari, odamiylik, mehr-shafqat, adolat, sadoqat kabi xislatlarni tarannum etib oʻzbek televideniyesi tarixida muayyan iz qoldirdi.

As: Uchrashuv (miniatyuralar), T., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x