MYURDAL

MYURDAL (Myrdal) Gunnar (1898.6.12, Gustafs, – 1987.17.5, Stokgolm) — shved iqtisodchisi, siyosatchi va xalqaro arbob. Jahon iqtisodiyoti tadqiqoti in-tining asoschisi va direktori, BMT ning Yevropa uchun Iqtisodiy komissiyasi Bosh kotibi (1947 — 57). Stokgolm untida xalqaro iqtisodiy munosabatlar prof. (1961-y. dan).

Iqtisodiy taxdilga kutiladigan va amaldagi oʻzgaruvchanliklar atamalarini kiritdi hamda ularning iqtisodiy muvozanatning vujudga kelishiga taʼsirini koʻrsatdi. «Amerika dilemmasi: negrlar muammosi va zamonaviy demokratiya» (1944), «Urushdan keyingi optimizmga karshi ogohlantirish» (1944), «Iqtisodiy nazariya va past rivojlangan mintaqalar» (1956), «Osiyo dramasi: xalqlar qashshokligining tadqiqoti» (1968), «Oqimga qarshi: iqtisodiyot boʻyicha tanqidiy ocherklar» (1973) asarlarida murakkab matematik-iqtisodiy nazariyalarning yaratilishini tanqid qildi, iqtisodiy muvozanatlar muammolarini, past rivojlangan mamlakatlarga iqtisodiy yordam koʻrsatishning shu mamlakatlar uchun salbiy oqibatlarini tadqiq etdi. Myurdal pul nazariyasi, iqtisodiy tebranishlar, iqtisodiy, ijtimoiy va in-stitutsional hodisalarning oʻzaro aloqadorliklarini taxliliga bagʻishlangan asarlar yozgan. Nobel mukofoti laureata (1974; F. Xayek bilan birgalikda).

As: Mirovaya ekonomika. Problemы i perspektivы. Per. s angl. Myurdal, 1958; Sovremennыye problemы «tretyego mira». M., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x