OTAR

OTAR — yaylovda qoʻshib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qoʻy podasi. Otar uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari boʻyicha bir xil zotli qoʻylar, sovliqpar esa qochirish muddatlarini qisobga olgan holda olinadi. Otar dagi mollar soni: mayin va yarim mayin junlilar uchun 800—900 ona qoʻy; 4—18 oylik toʻklilar uchun 800—1000 bosh; ona qoʻydan ajratilgan qoʻzilar uchun 600—800 … Читать далее

SANTA-GERTRUDA QORAMOL ZOTI

SANTA-GERTRUDA QORAMOL ZOTI — AQSH ning Texas shtatidagi SantaGertrudis fermasida 20-a. oʻrtalarida shortgorn sigirlarini zebu bukalari bilan chatishtirib yaratilgan. 1940-y. da zot sifatida tasdikdangan. Tana tuzilishi mustahkam, gavdasi katta, tuyey asosan qizil. Sigirlarining vazni 550—650 kg, buqalarniki 900—1200 kg. Goʻshtga parvarishlangan novvoslar 15 oyligida 500—550 kg ga yetadi. Yaylov sharoitida boqilganda oʻrtacha kunlik semirishi 1000—1200 … Читать далее

SERJUN ECHKI ZOTI

SERJUN ECHKI ZOTI — bir xil tolalardan iborat yarim mayin jun beradigan echki zoti. 1937—62 y. larda Oʻrta Osiyoda mahalliy dagʻal junli echkilarni angor zoti takalari bilan takroriy chatishtirish usuli orqali chiqarilgan. Tana tuzilishi chogʻroq. Takalari oʻrtacha 55—56 kg, echkilari 38 — 40 kg keladi. Qirqib olinadigan jun chiqimi takalaridan 3—4 kg, echkilaridan 1,2—2 kg. … Читать далее

SARALASH

SARALASH (chorvachilikda) — erkak va urgʻochi nasldor hayvonlar va parrandalarni maqsadli yoʻnalishda reja asosida chatishtirish S. tanlash bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, naslchilik ishlarida ota-onaga xos boʻlgan seleksion belgilarni avloddan avlodga oʻtishi xususiyatini saqlab qolish maqsadlarida oʻtkaziladi. Seleksiya amaliyotida urgʻochi hayvonlarga erkak hayvonlarni juftlash boʻyicha yakka, yalpi va yalpiyakka Saralash shakllari qoʻllaniladi. Yakka tartibda Saralashda har … Читать далее

SHVIS QORAMOL ZOTI

SHVIS QORAMOL ZOTI — sut goʻsht olish uchun boqiladigan zot. Shveysariyaning togʻli hududlarida Sharqdan qadimda keltirilgan kalta shoxli zotlarni uzoq tanlash yoʻli bilan chiqarilgan. Tusi qoʻngʻir. Sh. q. z. ning sutgoʻsht, sut, goʻshtsut yoʻnalishidagi xillari bor, sutgoʻsht beradigan xili tanasining yirikligi, yagʻrindorligi bilan ajralib turadi. Goʻshtsut yoʻnalishidagi turining yelinlari kichik, tanasi ixcham. Issiq iqlimli hududlar … Читать далее

SHChEKIN Viktor Andreyevich

SHChEKIN Viktor Andreyevich (1889.1.2, Kursk gubernyasi — 1965.23.12, Toshkent) — seleksiyachi chorvador olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), q. x. fanlari d-ri (1945), prof. (1947). Moskva untining yuridik fti iqtisodiyot boʻlimini tugatgan (1912). Fransiya (189899), Germaniya (1909), Angliya (1911)da malaka oshirgan. Oʻrta Osiyo chorvachilik styasi boʻlim mudiri (1933—40), Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish … Читать далее

TAMGʻA

TAMGʻA — 1) turkmoʻgʻul chorvador qavmlarda xususiy mulkning keng tarqalgan belgisi. Daraxtlarga, qurolyarogʻlarga, teri (hayvon terisi) va b. ga qoʻyilgan. Mac, chorvachilikda koramol, otlarga va parrandalarga bosiladigan maxsus (belginishon). Xoʻjaliklarda naslchilik ishlarida, jonli mulk tariqasida hisobga olishda Tamgʻa qoʻyiladi. Uning bir necha usullari mavjud: molning qulogʻiga en solish, qirqish, quymichiga belgini kizdirib bosish, qulogʻiga seriyali … Читать далее

SHORTGORN QORAMOL ZOTI

SHORTGORN QORAMOL ZOTI (ing — kalta shoxli) — goʻsht va sutgoʻsht uchun boqiladigan zot. 18-asrda Buyuk Britaniyada chiqarilgan. Shortgorn qoramol zotining birinchi naslchilik kitobi 1822-yilda chop etilgan. Shortgorn qoramol zoti koʻpgina Yevropa mamlakatlarida, Shortgorn qoramol zoti Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiyadatarqalgan. 19-asrda Rossiyaga keltirilgan. Goʻshti uchun boqiladigan mollarning tana tuzilishi ixcham, gavdasi keng, baland, boshi … Читать далее

BOʻSTONLIQ TUMANI

BOʻSTONLIQ TUMANI — Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. 1955-y. 19 apr. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Yuqori Chirchiq tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1968-y. 25 dek. da qayta tuzilgan). Boʻstonliq tumani shim. da Qozogʻiston Respublikasining Jan. Qozogʻiston viloyati, sharqda Qirgʻiziston Respublika sining Talas viloyati, jan. sharqda OʻzR Namangan viloyatining Pop tumani, shim. gʻarbda Toshkent viloyatining Qibray, … Читать далее

DAVLAT NASLCHILIK KORXONASI

DAVLAT NASLCHILIK KORXONASI — Oʻzbekistonda naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi muassasa. Chorvachilikda «Naslxizmat» Respublika naslchilik uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻida joylashgan. 1956-y. 28 dekda Toshkent davlat otchilik korxonasi (stansiyasi) oʻrnida chorva hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirish st-yasi sifatida tashkil etilgan. Asosiy vazifasi viloyat, tuman naslchilik birlashmalari, xoʻjaliklarni sermahsul naslli buqalar urugʻi bilan taʼminlaydi. Korxona … Читать далее