OTAR

OTAR — yaylovda qoʻshib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qoʻy podasi. Otar uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari boʻyicha bir xil zotli qoʻylar, sovliqpar esa qochirish muddatlarini qisobga olgan holda olinadi. Otar dagi mollar soni: mayin va yarim mayin junlilar uchun 800—900 ona qoʻy; 4—18 oylik toʻklilar uchun 800—1000 bosh; ona qoʻydan ajratilgan qoʻzilar uchun 600—800 bosh; yarim dagʻal va dagʻal junli ona qoʻylar uchun 900—1000 bosh; axta qoʻchqor va qochiriladigan qoʻylar uchun 1000 va undan ziyod. Choʻl mintaqalarda Otar soni yanada yirikroq boʻlishi ham mumkin. Naslchilik fermalarida Otar lardagi qoʻylar soni mahsulot beradigan Otar larga nisbatan 15—20% kichikroq boʻladi. Otarlarni 3—4 kishidan iborat choʻponlar guruhi boqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x