SARALASH

SARALASH (chorvachilikda) — erkak va urgʻochi nasldor hayvonlar va parrandalarni maqsadli yoʻnalishda reja asosida chatishtirish S. tanlash bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, naslchilik ishlarida ota-onaga xos boʻlgan seleksion belgilarni avloddan avlodga oʻtishi xususiyatini saqlab qolish maqsadlarida oʻtkaziladi. Seleksiya amaliyotida urgʻochi hayvonlarga erkak hayvonlarni juftlash boʻyicha yakka, yalpi va yalpiyakka Saralash shakllari qoʻllaniladi. Yakka tartibda Saralashda har bir ona molga yakka tartibda maʼlum bir tizim va oilaga mansub erkak hayvon juftlanadi. Naslchilik xoʻjaliklarida qoʻllaniladi. Yalpi Saralashda guruhsagi ona mollar, asosan, 2 erkak hayvonga biriktiriladi. Bu shakl naslchilik boʻlmagan xoʻjaliklarda ishlatiladi. Yakkayalpi Saralashda podadagi har bir guruh ona hayvonlarga 1 erkak hayvon juftlantiriladi va naslchilik styalarida amalga oshiriladi. Saralashda belgilarning oʻxshash yoki oʻxshash boʻlmasligi boʻyicha gomogen va geterogen turlar mavjud. Gomogen Saralashda tana tuzilishi, yoʻnalishi, mahsuldorlik darajasi yaqin boʻlgan ota va ona hayvonlar juftlanadi. Geterogen Saralashda esa tipi, kelib chiqishi va mahsuldorlik xususiyatlari har xil erkak va urgʻochi hayvonlar tanlab olinadi. Geterogen Saralash geterozigotalik holatini kuchaytiradi. Zot ichida geterogen Saralashni qoʻllash krosslarni yaratishda muhim ahamiyatga ega. Saralashda hayvonlarning yoshi ham muhim va yetuk yoshdagi hayvonlar juftlashtirilganda ulardan olinadigan avlodlar har tomonlama baquvvat boʻladi. Saralashda qarindoshlik darajasi boʻyicha qarindosh (inbriding) va oʻzaro qarindosh boʻlmagan (autbriding) hayvonlarni juftlashtirish usullari mavjud.

Chorvachilik seleksiyasida Saralash usullari va shakllaridan foydalanish keng yoʻlga qoʻyilgan. Mac, Santagertruda qoramol zotinn yaratishda dastlab shortgorn zotini Hindistondan keltirilgan zebu bilan geterogen saralangan. Keyinchalik «oʻz ichida» qarindoshlik urchitish natijasida foydali belgilar yuzaga chiqib, zotga xos biologik xususiyatlar irsiyatda mustahkamlangan. Oʻzbekistonda bu zotning bir necha tizimlari va 20 dan ortiq sigirlar oilasi yaratilgan. Yilqichilikda geterogen Saralash usullaridan foydalanib angliya zoti bilan qorabayir va angliya zoti bilan axaltaka zotini Saralash orqali ulardan angliyaqorabayir va angliyaaxaltaka duragaylari olinib, ot sportida samarali foydalanilmoqda.

Izatulla Eshmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x