BOʻSTONLIQ TUMANI

BOʻSTONLIQ TUMANIToshkent viloyati tarkibidagi tuman. 1955-y. 19 apr. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Yuqori Chirchiq tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1968-y. 25 dek. da qayta tuzilgan). Boʻstonliq tumani shim. da Qozogʻiston Respublikasining Jan. Qozogʻiston viloyati, sharqda Qirgʻiziston Respublika sining Talas viloyati, jan. sharqda OʻzR Namangan viloyatining Pop tumani, shim. gʻarbda Toshkent viloyatining Qibray, jan. da Yuqori Chirchiq, Parkent, Ohangaron tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 4,93 ming km2. Aholisi 142,9 ming kishi (2000). Boʻstonliq tumanida tumanga boʻysunuvchi 1 shahar (Gʻazalkent), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻiston, Boʻstonliq, Dumaloq, Jahonobod, Ozodbosh, Pargos, Sijjak, Soyliq, Toshpoʻlat Dadaboyev, Ugom, Xumson, Chimboyliq, Chimyon, Yangiovul, Qoramanas, Qoʻshqoʻrgʻon, Gʻalaba, Hondayliq) bor. Markazi — Gʻazalkent sh. (Toshkent sh. gacha 58 km).

Tabiati. Boʻstonliq tumani hududi Tyanshan togʻ tizimidagi Ugom, Piskom, qisman Qorjontov (shim. sharqsa), Chatqol (jan. gʻarbda) tizmalari oraligʻida joylashgan. Togʻ oldi va togʻ etaklarining bal. 600—800 m. Eng baland nuqtasi 4291 m (Beshtor togʻi). Yiliga 500 — 600 mm, ayrim joylarda 1000 mm gacha yogʻin tushadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, —15°, iyulniki 17° — 21°. Daryo va soylari Chirchiq daryosining irmoqlari boʻlib, ularning eng muhimlari Piskom, Ugom, Koʻksuv, ChatKol, Oqtosh, Chimyon va b. Yangikanal, Xodolak, Kemir, Ters va b. kanallar kurilgan. Piskom va Chatqol daryolari qoʻshilgan joyda Chorvoq suv ombori va gidrouzeli (toʻgʻoni) barpo etilgan. Daryo vodiylari oʻzlashtirilgan. Balandlik zonalari boʻyicha boʻz tuproq, togʻ jigarrang tuproq va baland togʻ ochqoʻngʻir oʻtloqidasht tuproqlarida dasht oʻtlari, siyrak daraxtli archa oʻrmonlari, oʻtloqidasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Tumandagi oʻrmonzorlarning aksari qismi oʻrmon xoʻjaligi tomonidan barpo qilingan. Bahor oylarida turli oʻtoʻlanlar, lola, chuchmoma, boychechak atrofni gilamdek qoplab ajib bir manzara hosil qiladi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, ayiq, boʻri, tulki, boʻrsiq, qushlardan qorayaloq, zagʻizgʻon, kaklik, oʻrdak yashaydi. Marmar, granit, qurilish materiallari xom ashyolari bor.

Aholisining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil qiladi; qozoq, tojik, rus, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 28 kishi. Sugʻoriladigan yerlarda aholi zichroq yashaydi. Shahar aholisining salmogʻi 30,9 %. B. t. hududida Oʻzbekistonda eng yirik rekreatsiya (dam olish) zonasi tashkil etilgan (Chorvoq—Chimyon, Pargos — Oqgosh). Tumanda «Oqgosh» (bal. 1140 m), «Xumson» (1150 m), «Tovoqsoy» (800 m) va b. sanatoriylar, «Kristall» pansionata, «Chimyon» rekreatsiya kompleksi, koʻplab dam olish zonalari, bolalar oromgohlari bor.

Chirchiq daryosi vohasida juda kadimdan odamlar yashab kelgan. Piskom, Ugom va b. dare boʻylaridagi gʻorlarda tosh qurollar, qoyatosh rasmlari topilgan. Tumanda sayyoxlar diqqatini jalb qiluvchi 180 dan ortiq shunday makonlar mavjud.

Xoʻjaligi. Boʻstonliq tumani sanoatmahsuloti i. ch. hajmi boʻyicha Toshkent viloyatida Qibray tumanidan keyin 2oʻrinni egallaydi. Uning iktisodiy geografik oʻrni (Toshkent sh. ga yaqinligi) xoʻjaligining rivojlanishiga imkon berdi, tuman xoʻjaligi majmui asosan poytaxt ehtiyojlariga xizmat qiladi. Boʻstonliq tumani hududida 3 yirik GES (Chorvoq, Xoʻjakent, Gʻazalkent), oyna, marmar, meva konserva, sutyogʻ, vino, pilla urugʻi z-dlari, qurilish materiallari, yirik panelli uysozlik k-ti, yoʻlqurilish va sozlash, ekspluatatsiya qilish korxonalari, qurilish tashkilotlari, avtobazalar bor. Sanoat korxonalari asosan Gʻazalkent sh. da joylashgan. Gʻazalkent toshni qayta ishlash k-tida Arkutsoy marmar koni asosida marmar bloklar va maydalangan marmar tosh ishlab chiqariladi. «Farhod» va «Agat» kichik korxonalari ishlab turibdi.

Q. x. ning asosiy tarmoqlari — sutgoʻsht chorvachiligi, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik va b. Tuman umumiy yer fondi 479,3 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 14,9 ming ga. Q. x. korxonalari va tashkilotlari yerlari umumiy mayd. 140,6 ming ga, shundan ekinzorlar 11,9 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 6,1 ming ga), bogʻ va tokzorlar 7 ming ga, pichanzor va yaylovlar 64,6 ming ga. Jami tomorqa yerlar, bogdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,5 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 2 ming ga). Boʻstonliq tumanida 19 shirkat xoʻjaligi (shu jumladan 6 ta sabzavot, 13 ta sutsabzavot yetishtiriladigan shirkat xoʻjaligi). 3 ta qishloq xoʻjalik shirkati korxonasi (boʻrdoqichilik, naslchilik parranda reproduktori va ipakchilik xoʻjaligi) bor. Umumiy ekin mayd. (tomorqa yerlari bilan birga) 15,1 ming ga, shundan sugʻorma dehqonchilik yerlari 8,8 ming ga, lalmikor dehqonchilik yerlari 6,3 ming ga. Ekin maydonlarining asosiy qismi gʻalla, sabzavot, kartoshka yemxashak ekinlari bilan band. Chorvachilikda qoʻychilik, parrandachilik, yilqichilik ham mavjud. Pilla yetishtiriladi. 25,1 mingqoramol, shundan 13,2 ming sigir, 67,8 ming qoʻy va echki, 18 ming parranda boqiladi (2001). Oʻrmonzor mayd. 28 ming ga ni tashkil etadi. «Oʻzbaliq» korporatsiyasiga kiradigan «Xonbaliq» xoʻjaligi bor.

Boʻstonliq tumani viloyatning boshqa tumanlari b-n avtomobil va t. y. transporti orqali bogʻlangan. Toshkent—Chorvoq elektrlashtirilgan t. y. tumanni respublika poytaxti bilan bogʻlaydi. Kattik qoplamali avtomobil yoʻllari tuman xoʻjaliklari, dam olish maskanlarini birlashtiradi, ularni respublikaning boshqa tumanlari bilan bogʻlaydi.

2000/2001 oʻquv yilida 55 umumiy taʼlim maktablarida 30,2 ming oʻquvchi, kasbhunar kollejida 850 dan ziyod oʻquvchi oʻqidi. Ommaviy kutubxona, klub muassasasi bor. 27 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 3,9 mingdan ortiq bola tarbiyalandi. 2 kasalxona, poliklinika, sil kasalliklari dispanseri, 6 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 18 akusherlik punkti mavjud. Uzbek tilida «Boʻstonliq ovozi», qozoq tilida «Boʻstonlik dovusi» tuman gaz. (1936-y. dan) nashr etiladi, adadi 1675.

Ad.: Aminov M ., Boʻstonliq. T., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x