DAVLAT NASLCHILIK KORXONASI

DAVLAT NASLCHILIK KORXONASI — Oʻzbekistonda naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi muassasa. Chorvachilikda «Naslxizmat» Respublika naslchilik uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻida joylashgan. 1956-y. 28 dekda Toshkent davlat otchilik korxonasi (stansiyasi) oʻrnida chorva hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirish st-yasi sifatida tashkil etilgan. Asosiy vazifasi viloyat, tuman naslchilik birlashmalari, xoʻjaliklarni sermahsul naslli buqalar urugʻi bilan taʼminlaydi. Korxona oʻzida boqiladigan qora-ola, shvis, kizil choʻl va b. kora-mol zotlari buqalaridan urugʻ oladi, uning sifatini baholaydi, shisha naychalarga joylaydi va muzlatadi. 1968-y. dan urugʻlar suyuq azotda (—196°) granula holida muzlatiladi va xoʻjaliklarga yetkazib beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x