SHChEKIN Viktor Andreyevich

SHChEKIN Viktor Andreyevich (1889.1.2, Kursk gubernyasi — 1965.23.12, Toshkent) — seleksiyachi chorvador olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), q. x. fanlari d-ri (1945), prof. (1947). Moskva untining yuridik fti iqtisodiyot boʻlimini tugatgan (1912). Fransiya (189899), Germaniya (1909), Angliya (1911)da malaka oshirgan. Oʻrta Osiyo chorvachilik styasi boʻlim mudiri (1933—40), Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish intida yilqichilik boʻlimi boshligʻi (1940—45). Toshkent qishloq xoʻjaligi intida hayvonlar fiziologiyasi va chorvachilik kafedrasi mudiri (1949—65). Ilmiy ishlari yilqichilikda naslchilik seleksiya ishlari tahlili, zotlar tarixi; yangi duragay ish hayvonlari olish, chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirish va boshqalar masalalarga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun bir necha darsliklar muallifi. 3 jilddan iborat «Qorabayir ot zoti» davlat naslchilik kitobini yaratgan.

As: Karabairm sennaya poroda loshadey, T., 1944; Karabair (V. S. Vixrev bilan hamkorlikda), T., 1947; Konevodstvo, T., 1952; Oʻzbekistonda qoramol zotini yaxshilash, T., 1958; Chorvachilik, T, 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x