NOSIROV Ubaydulla Nasrullayevich

NOSIROV Ubaydulla Nasrullayevich (1935.18.2, Jizzax tumani) — zootexnik olim, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), q. x. fanlari d-ri (1974), prof. (1979), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi FAning muxbir aʼzosi (1991). Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1957). Zomin tumanining «Zomin» xoʻjaligida zootexnik-seleksioner (1960—64), Oʻzbekiston chorvachilik i. t. in-tida ilmiy xodim (1964—67), lab. va boʻlim boshligʻi (1968—82), … Читать далее

NASLCHILIK KITOBI

NASLCHILIK KITOBI, nasldor hayvonlar davlat kitobi — zot standartlariga mos keladigan naslli mollarni roʻyxatga olish kitobi. Naslchilik kitobida xoʻjaliklarda urchitilayotgan hayvonlar zotlaridagi eng mashhur erkak va urgʻochi hayvonlarning kelib chiqishi va mahsuldorlik koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlar qayd qilib boriladi. Naslchilik kitobi zotlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Dunyoda birinchi marta Naslchilik kitobi Angliyadagi yoʻrtoqi otlarning sinov natijalari … Читать далее

QOZOQI OQBOSH QORAMOL ZOTI

QOZOQI OQBOSH QORAMOL ZOTI — goʻsht yoʻnalishidagi qoramol zoti. 20-a. ning 30—40-y. larida Qozogʻiston va Rossiya (Orenburg va Volgograd viloyatlari)da Qozogʻiston mahalliy va qisman qalmoq qoramol zotini gereford zoti bilan zavod usulida chatishtirib chiqarilgan. Zot sifatida 1950-y. tasdiqlangan. Oʻzbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda goʻshtdor qoramolchilik hududlarida tarqalgan. Keskin kontinental iqlim sharoitlariga yaxshi moslashgan. Yozning issiq, qishning … Читать далее

NASL

NASL (arab.) —1) bir populyatsiyaga mansub individlarning bevosita avlodi; 2) maʼlum belgi-xususiyatlarga ega, bir turga mansub oʻsimliklar va bir zotga mansub hayvonlar guruhi. Fiziologik, biologik voyaga yetgan hayvonot yoki oʻsimlik olamidagi individlar oʻzidan Nasl qoldiradi. Nasl avlod davomchisi hisoblanadi. (q. Naslchilik). Пост Навигацияси

ITCHILIK

ITCHILIK — it zotlarini boqish va koʻpaytirish; xoʻjalik tarmogʻi. Xizmat (yaylov, qorovul, ulov, chegara, qidi-ruv va b. xizmatlar), ov (sport va moʻynali xayvonlarni ovlash); havaskorlik Itchilikga boʻlinadi. Foydalanishga qarab, itlar simtoʻrli volyerlarda, yogʻoch uychalarda boʻsh qoʻyib yoki bogʻlab, xonadonlarda hovlida yoki uy ichida bogʻlamay yoki bogʻlab boqiladi. Itlar uchun asosiy ozuqalar: goʻsht, tozalangan baliq, non, … Читать далее

NASLCHILIK

NASLCHILIK — q. x. hayvonlari zotlarini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy-zootexnik tadbirlar majmui. Insoniyat hayvonlarni xona-kilashtirgan davrlardan beri davom etib keladi. Naslchilikning asosiy vazifasi mavjud q. x. hayvonlari, parrandalari, asalari, baliklar va ipak qurti zotlarini muttasil takomillashtirish, mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini yaxshilash, yangi tiplar, zot guruhlari, liniyalari, oilalari, zotlari, krosslari, partenoklonlarini yaratishdan iborat. Naslchilik ishlari Naslchilik zavodlari, … Читать далее

QASHQADARYO VILOYATI

QASHQADARYO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab. da tashkil etilgan. 1927-yil 17 fev. dan 1938-yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938-yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi. 1943-yil 20 yanv. da qayta tashkil etildi. 1960-yil 25 yanv. da Surxondaryo viloyatiga qoʻshildi. 1964-yil 7 fev. dan yangidan tashkil etildi. Respublikaning jangʻarbida, … Читать далее

DYACHKOV Ivan Nikitich

DYACHKOV Ivan Nikitich (1905.23.8, hoz. RF Voronej viloyati Ternovka tumani Novo-Troiskoye qishlogʻi — 1985.18.8, Samarqand) — zootexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan zootexnik (1959), q. x. fanlari d-ri (1969) prof. (1971). Moskva qoʻychilik in-tini tamomlagan (1932). Samarqanddagi qorakoʻlchilik i. t. intida katta ilmiy xodim, lab. va boʻlim mudiri (1935—60), in-t … Читать далее

QOʻYCHILIK

QOʻYCHILIK — chorvachilikning qoʻylarni urchitish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, yogʻ, sut) va yengil sanoatga qimmatli xom ashyo (jun, teri, moʻyna) yetkazib beradi. Qoʻy juni xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qoʻy junidan gazmol, trikotaj buyumlar, gilam va h. k., terisidan poʻstin, moʻynasidan turli kiyimkechaklar tikiladi, goʻshti oqsil va yogga boy toʻyimli mahsulot, … Читать далее

DAVLAT NASLCHILIK NAZORATI

DAVLAT NASLCHILIK NAZORATI — mamlakat miqyosida chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini nazorat qilish majmui. Tarmoqda yagona ilmiytexnika siyosatini amalga oshirish, davlat va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, naslchilikdagi meʼyoriy hujjatlar va qoidalarni tasdiqlash, nasldor hayvonlarni, naslchilik xoʻjaliklari va podalarini tegishlicha davlat kitobida va davlat reyestrida roʻyxatga olish, naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va … Читать далее