JIZZAX QOʻZGʻOLONI

JIZZAX QOʻZGʻOLONI — Jizzax va uning atrofi aholisining chor mustamlakachilariga qarshi olib borgan milliy ozodlik harakati. Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonitng tarkibiy qismi. Birinchi jahon urushida Rossiya Germaniya va Turkiyaga qarshi kurashida oʻzining noʻnoqligi, uquvsizligi tufayli oʻrinsiz qurbonlar berib, Rossiyaning urushga taraddudi puxta boʻlmaganini koʻrsatdi. Rus qoʻmondonligi urush ogʻirligini mustamlakalar yelkasiga ortib, ularni ayovsiz ezish siyosatiga oʻtdi. … Читать далее

NAMOZ PIRIMQUL OʻGʻLI

NAMOZ PIRIMQUL OʻGʻLI (taxm. 1877, Kattaqoʻrgʻon, Utarchi qishlogʻi — 1907) — Samarqandda milliy zulm va haqsizlikka qarshi koʻtarilgan ommaviy xalq xarakati boshligʻi. Barvaqt yetim qolib amakisinikida yashaydi. Keyin Samarqandga kelib, xat-savodini chiqaradi. Rus podshosiga mahalliy maʼmurlar kirdikorlaridan shikoyat qilib, bir necha bor xat yozadi. Natija chiqmagach, xalqning norozilik harakatiga boshchilik qildi. Namoz Pirimqul Oʻgʻli podsho … Читать далее

PAYSHANBA

PAYSHANBA — Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1989-y. dan). Tuman markazi. 450 m balandlikda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (12 km), Samarqand sh. gacha 90 km. Aholisi 19 ming kishidan ziyod (2001). Payshanba dagi tepaliklari mil. av. 5—4-a. lardagi oid ostadonlarning topilishi u yerda qadimda aholi yashaganligi tasdiqlaydi. Qulay geografik mavqega ega boʻlgan … Читать далее

SAMADOVLAR OILASI

SAMADOVLAR OILASI — inson parvarlikning yuksak namunasini koʻrsatgan oila. 2-jahon urushi davrida turli millatning qarovsiz qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlim-tarbiya bergan. Oila boshligʻi Hamid Samadov (1910-y. Kattaqoʻrgʻon sh. da tugʻilgan, 2002-y. vafot etgan) 2-jahon urushida armiya safida alokachi, pulemyotchi boʻlib xizmat qilgan. Stalingrad, Dnepr boʻylaridagi janglarda ishtirok etgan. 1944 fev. da janglardan birida yaralanib, nogiron … Читать далее

SUNNATOV

SUNNATOV Odil (1951.27.4, Kattaqoʻrgʻon sh.) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika in-tini tugatgan (1973). 1975-y. dan Kattaqoʻrgʻon sh. 1madaniyat uyida dirijyor, boʻlim boshligʻi, badiiy rahbar, 1984-y. dan 14maktabda, 1988-y. dan 16maktabda musiqa taʼlimi fani oʻqituvchisi. Musiqa maktabi bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilari ishtirokida oʻzbek xalq sozlari boʻyicha guruh tashkil etgan; guruh qatnashchilari Respublika «sanʼat … Читать далее

GOʻZAL QORA

GOʻZAL QORA — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik i. t. in-tining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasida M. S. Juravel, AM. Negrul, G. K. Muhamedovlar tomonidan Kattaqoʻrgʻon va Dodrelyabi navlarini chatishtirib olingan duragay urugʻlardan chiqarilgan. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, yumaloq, 500—600 g keladi. Shingil va gʻujumlari oʻrtacha tigʻiz. Mevasi yirik, koʻkish-qora … Читать далее

SAMARQAND BADIIY MUZEY-QOʻRIQXONASI

SAMARQAND BADIIY MUZEY-QOʻRIQXONASI, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi — Samarqand sh. va Samarqand viloyatida muzeylarni markaziy boshqarish, tarixiy, madaniy va sanʼat yodgorliklarini saklash va roʻyxatga olishni nazorat kilish, yodgorliklarni taʼmirlash va konservatsiyalashni boshqaruvchi yagona tashkilot. 1982-y. Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi va uning boʻlimlari, shuningdek, Samarqand sh. va Samarqand viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar … Читать далее

SURXONDARYO TEATRI

SURXONDARYO TEATRI, Mannon Uygʻur nomidagi Surxondare viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yetakchi teatrlaridan biri. 1935-y. 5 noyab. da Afandixon Ismoilov sahnalashtirgan «Gʻolibiyat» spektakli bilan Termiz sh. da ochilgan. Toshkent yosh tomoshabinlar teatridan kelgan bir guruh sanʼatkorlar teatr asosini tashkil qildilar. Teatr direktori etib R. Bobojonov, bosh rej. A. Ismoilov, bosh rassom N. … Читать далее

ORIFJONOV

ORIFJONOV Rixsiboy (1926.23.4 – Toshkent — 1979.4.6) — aktyor, rej., dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tu-gatgan (1953). Hamza teatrida (1941—53; 1956—61), Qoʻqon teatrida (1953—56) aktyor. Kattaqoʻrgʻon teatrida (1961—64), Samarqand teatrida (1964—67) bosh rej., Surxondaryo teatrida bosh rej. va direktor (1970—72), Toshkentdagi Muqimiy teatrida direktor (1973 — 75), … Читать далее

OMONOVA

OMONOVA Hamroxon (1918.20.2, Navbahor tumani — 1996.26.9, Kattaqoʻrgʻon sh.) — Oʻzbekiston xalq artista (1981), 1945—96 y. lar A. Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon teatrida aktrisa. Asosiy rollari: Oysara, Xolcha (K. Yashin, «Gulsara», «Nurxon»), Maysara, Hoji ona (Hamza, «Maysaraning ishi», «Boy ila xizmatchi»), Fotima (S. Jamol, «Foti-ma Sabriy»), Adolat (Uygʻun, «Parvona»), Xosiyat xola (I. Sulton, «Imon»), Boʻston xola … Читать далее