OCHILOV

OCHILOV Roʻzimurod (1926.11.5, Kattaqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalqoʻqituvchisi (2002). Toshkent ped. in-tini tugatgan (1963). 1950 — 59 y. larda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 8-, 23-maktabda jismoniy tarbiya, harbiy taʼlim, 1959-y. dan 10-maktabda tarix oʻqituvchisi. Darsni koʻrgazmali qurollar va texnika vositalaridan foydalanib, yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻtadi. Пост Навигацияси

SHISHPIR

SHISHPIR — Sugʻd ixshidi (642655-yillar). Uning ismi oʻzi zarb qildirgan sugʻdiy yozuvli tangalarda Shishpir, xitoy yilnomalarida Shashebi, arab manbalarida Shishbir shakllarida uchraydi. Ismining lugʻaviy maʼnosi sugʻdiycha — «din tarqatuvchi». Sh. dastlab Kesh hukmdori boʻlgan, keyinchalik oʻz qarorgohini Samarqandga koʻchirgan. Shishpir oʻz nomidan mis tangalar zarb qilgan. Ularning bir tomonida Shishpirning nomi va malka (ixshid) soʻzi, … Читать далее

TOʻSUNSOY SUV OMBORI

TOʻSUNSOY SUV OMBORI — Samarqand viloyatidagi suv ombori. Nurota toglarining jan. yon bagʻirlaridan boshlanib, bir necha soylarning suvlaridan hosil boʻladigan Toʻsunsoy daryosining yuqori oqimida (Qaraqchitov togʻlari jan. da) barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. 1989-y. da qurilib ishga tushirilgan. Toʻliq hajmi 52,1 mln. m/ toʻgʻon bal. 40,6 m, maksimal suv oʻtkazish qobiliyati 40m3/s. Ombor … Читать далее

TOʻGʻON

TOʻGʻON — daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini koʻtarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. Toʻgʻonlar dare suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiklimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chikarishga intilish mil. av. 4 va 3ming yilliklarga toʻgʻri … Читать далее

SIRANUSH

SIRANUSH — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. institutida Kattaqoʻrgʻon va Pushti kishmish navlarini chatishtirib chikerilgan (Ye. A. Yergesyan). Tupi kuchli oʻsadi, barglari oʻrtacha, yumaloq, 5 boʻlmali, sel kertikli, ters tomoni silliq. Guli 2 jinsli. Uzumi avg. — sent. da pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha yoki … Читать далее

SHOMURODOV

SHOMURODOV Neʼmat (1941.3.1 Toshkent — 1993.31.1) — rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1965). 1970—72 yillar Ye. Vaxtangov nomidagi teatrda malaka oshirgan. 1972—77 yillar Andijon teatrida, 1977—83 yillar Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida, 1983—93 yillar Oʻzbekiston televideniyesidarej. Shomurodov teatrda sahnalashtirgan spektakllari: «Ayajonlarim» (A. Qahhor), «Ispanlar» (M. Lermontov), «Mirzo … Читать далее

QOʻTIRBULOQ MAKONI

QOʻTIRBULOQ MAKONI — 1) mustye davriga oid qad. manzilgoh (mil. av. taxm. 33-ming yillik). Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon sh. dan 20 km gʻarbda, Charxin qishlogʻi yaqinidagi Qoʻtirbuloq nomli buloq atrofida joylashgan. Manzilgoh 1971-y. da Yu. F. Buryakov boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan aniqlangan. Dastlab 1971—90 y. lar davomida manzilgohda N. X. Toshkenboyev arxeologik qazuv ishlarini olib bordi. … Читать далее

NOQIS

NOQIS (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulqodir Muhammadshokir oʻgʻli) (1860 — Kattaqoʻrgʻon — 1929) — oʻzbek shoiri. Kattaqoʻrgʻon, Buxoro madrasalarida oʻqigan. 1895-y. da Kattaqoʻrgʻonga qaytib, madrasada mudarrislik qilgan, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Saʼdiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va b. ga ergashgan, ular gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Ayniqsa, Muqimiy ijodiga ehtirom bilan qaragan, tazmin muxammaslar yozgan («Dogmen», «Kel ertaroq», «Nozaninim» va … Читать далее

DABIRIY

DABIRIY — Kattaqoʻrgʻoniy, Miyno (taxalluslari; asl ismi Ostonaqul Abdushukur oʻgʻli) (1871 — Kattaqoʻrgʻon sh. yaqinidagi Payshanba qishlogʻi — 1939) — shoir, xattot. Buxorodagi Xalifa Husayn madrasasida tahsil koʻrgan. Oʻz qishlogʻi va Buxoro amiri saroyida mirzalik qilgan. «Yosh buxoroliklar»ga qoʻshilib amir Olimxonga qarshi harakatda qatnashgan. 1917-y. okt. davlat toʻntarishidan keyin yangi usuldagi maktabda muallimlik qilgan, koʻhna … Читать далее

NURMON ABDUVOY OʻGʻLI

NURMON ABDUVOY OʻGʻLI (1862 – Payariq tumani Enamyaxshi qishlogʻi — 1940) — oʻzbek xalq dostonchisi. Deh-qon oilasida tugʻilgan. Qirqyoshida Abduxoliq baxshidan fotiha olib, mustaqil dostonchi sifatida el orasida taniladi. U hozirjavob baxshi boʻlgan. 20-a. boshlarida Samarqand atroflarida chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻtarilgan ommaviy harakat boshligʻi Namoz Pirimqul oʻgʻli haqida doston yaratib, xalq orasida kuylab … Читать далее