ORIFJONOV

ORIFJONOV Rixsiboy (1926.23.4 – Toshkent — 1979.4.6) — aktyor, rej., dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tu-gatgan (1953). Hamza teatrida (1941—53; 1956—61), Qoʻqon teatrida (1953—56) aktyor. Kattaqoʻrgʻon teatrida (1961—64), Samarqand teatrida (1964—67) bosh rej., Surxondaryo teatrida bosh rej. va direktor (1970—72), Toshkentdagi Muqimiy teatrida direktor (1973 — 75), Sirdaryo teatrida bosh rej. (1975 — 78), Respublika xalq ijodi uyi rah-bari (1978—79). Omon (Tuygʻun, «Baho-dir»), Soli pismiq, Asqar (Uygʻun, «Qaltis hazil», «Hurriyat»), Yalangtoʻsh (N. Safarov, «Sharqtongi»), Muqimiy (S. Abdulla, «Muqimiy»), Karl Moor (F. Shiller, «Qaroqchilar»), Sattor (B. Rahmonov, «Yurak sirlari») kabi ob-razlarni yaratgan. Rej. sifatida «Ona qalbi» (M. Boboyev), «Furqat» (B. Avezov), «Dugonalar» (Yo. Xudoyqulov), «Qaroqchilar» (F. Shiller), «Ajab savdolar» (H. Gʻulom), «Nodira» (H. Razzo-qov), «Boy ila xizmatchi» (Hamza) kabi 50 dan ortiq spektakl sahnalashtirgan. Respublika teatrlarida sahnalash-tirilgan «Basharang qiyshiq boʻlsa…». «Turmush saboqlari», «Ona hukmi», «Aldangan qiz» singari pyesalar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x