SURXONDARYO TEATRI

SURXONDARYO TEATRI, Mannon Uygʻur nomidagi Surxondare viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yetakchi teatrlaridan biri. 1935-y. 5 noyab. da Afandixon Ismoilov sahnalashtirgan «Gʻolibiyat» spektakli bilan Termiz sh. da ochilgan. Toshkent yosh tomoshabinlar teatridan kelgan bir guruh sanʼatkorlar teatr asosini tashkil qildilar. Teatr direktori etib R. Bobojonov, bosh rej. A. Ismoilov, bosh rassom N. T. Malishevskiylar tayinlandi. O. Fayozova, M. Hamidova, K. Muslimova, 3. Olimov, T . Zoxidov, M. Umarova, X. Aʼzamov, N. Azizov, Q. Toʻlaganov va b. teatrning ilk aktyorlaridir. Jarkoʻrgʻon kz—sz teatri xam Surxondaryo teatri iga birlapggirildi (1936). 30ylarda teatr repurtuaridan oʻzbek dramaturglarining ijtimoiy hayot, kollektivlashtirish, turli kuchlarga qarshi kurash ruhida yozilgan asarlari oʻrin oldi: «Rustam» (U. Ismoilov), «Gulsara» (K. Yashin), «Uygonish» (N. Safarov), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Arshin mol olon» (U. Hojibekov), «Farhod va Shirin» (A. Navoiy) va b.

Teatr 2-jahon urushi yillarida ogʻir sinovdan utdi. Teatr jamoasining bir qismi urushga junadi. Nishon Hodimetov, Obid Rixsiyev, Obid Ibrohimov, Qayum Tulaganov, Muhammad Shermuhamedov, Nurmat Azizov kabi sanʼatkorlar jang maidonlarida xdlok boʻddilar. Front ortida qolgan qismi — 3. Olimov, A. Olimova, H. Muxiddinov, X. Boboxonova, T. Latipova, A. Tolipov, M. Hamidova, O. Fayozova, K. Muslimovalar esa turli mavzularda asarlar sahnalashtirdilar: «Front» (A. Korneychuk), «Boy ila xizmatchi» (Hamza), «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla), «Nurxon», «Oftobxon» (K. Yashin) va b.

1942-y. teatr repertuarini yaxshilash maqsadida Denov kz—sz teatri Surxondaryo teatriga qoʻshildi. 1943-y. da teatrda studiya ochildi. Teatr jamoasi rus va ukrain rej. va aktyorlari bilan ijodiy muloqotda boʻldi. Urush yillari ular Termiz sh. ga evakuatsiya qilingan edi. Xarkov operetta teatri artist va rej. lari Termiz teatri krshidagi oʻzbek studiyasiga murabbiylik qildilar. «Uylanish» (N. Gogol), «Skapenning nayranglari» (J. Molyer), «Ona» (Uygʻun), «Yoriltosh» (Sh. Saʼdulla), «Muhabbat» (Tuygʻun), «Ota rozi» (H. Gʻulom), «Muhabbat gʻunchasi» (Gʻ. Muxtorov) kabi spektakllar bilan teatr repertuari boyidi.

1948-y. da iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli teatr vaqtincha Buxoro teatriga qushib yuboriladi.

1957-y. da teatr qayta tiklanib, Surxondare viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri deb nomlandi. Viloyat badiiy havaskorlaridan tuzilgan teatr ijodiy jamoasi dastlabki yillarda tomoshabinlarga manzur spektakllar yarata olmadi. 1958-y. avvallar Termiz teatrida ishlagan X. Boboxonova, H. Muhiddinov (Kattaqoʻrgʻon teatridan), S. Nurmatov, A. Rahmatov, N. Pardayev va b. teatrga taklif etildi. Ayni bir paytda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatganlardan A. Qosimov, 3. Soliyeva, S. Lutfullayev, E. Karimov, R. Karimova, A. Nomozovlardan iborat isteʼdodli yoshlar kelib qoʻshilishdi. Teatr qisqa vaqt ichida oʻz repertuarini yaxshiladi. «Birinchi muhabbat» (X. Voxit), «Xavfli uchrashuv» (I. Stadnyuk), «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi» (Hamza), «Nurxon» (K. Yashin), «Pilla aya» (Tuygʻun), «Oltin bolta», «Guli siyoh» (S. Jamol), «DUstlar», «Qotil» (Uygʻun), «Zarafshon qizi» (D. Fayziy) kabi spektakllar muvaffaqiyat qozondi.

«Gulsara» (K. Yashin), «Qotil ona» (I. Ahmedov), «Ayajonlarim» (A. Qahhor), «Hijron alangasi» (Z. Fatxullin), «Sofiya taronasi» (Xugayev), «Vyetnam tongi» (G. kim), «Oltin devor» (E. Vohidov), «Qizbuloq fojiasi» (T. Tula), «Besh kunlik kuyov» (Shuhrat), «Sirli kun» (D. Valiyev), «Sepsiz qiz» (A. Ostrovskiy), «Momo yer, (Ch. Aytmatov», «Vir oʻlikka bir tirik» (A. Ibrohimov) kabi toʻlaqonli spektakllar bilan oʻz mavqeini yanada mustahkamladi. 1974-y. teatr jamoasiga M. Abduqunduzov, 3. Otaboyeva, K. Burhonov, E. Abduqodirov, D. Solixrva va b. kelib qoʻshildi. 1977-y. teatr jamoasi otaligʻida Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Uzun xalq, teatrlari ochildi.

1978-y. teatrga Mannon Uygʻur nomi berildi. Oʻsha yili teatr jamoasi rus tilida spektakllar qoʻydi («Kuyov va kelin», «Maysaraning ishi», «Hamma bilan birgalikda», «Ayollar xdyotidan» va b.).

Mustaqillikdan soʻng bu teatr sahnasida xam tub oʻzgarishlar yuz berdi. Koʻproq tarixiy mavzuga, maxdlliy dramaturgiyaga eʼtibor kuchaydi, komediyalar, ertakspektakllar, oʻzbekona urfodatlarga qurilgan asarlarga keng oʻrin berildi: «Qamashgan koʻzlar» (I. Otaqulov), «Yulduz soʻndi» (N. Hayitqulov), «Adib Sobir Termiziy» (N. Pardayev), «Sadoqatli arvoh» (X. Maqsadqulov), «Olifta» (F. Musajonov), «Uzokdan kelgan kuyov» (X. Rasul), «Temir xotin» (Sh. Boshbekov), «Xotinlar hazili» (H. Muhammad), «Jononga bordim bir kecha» (Hamza), «Korbobo va yalmogʻiz» (I. Niyozmatov), «Sehrli uzuk» (M. Krdirov), «Oʻchmas chiroq», «Oʻlim halqasi» (M. Boboyev), «Uyqusiz tunlar» (R. Orifjonov), «Osmonsiz uy» (Sh. Pardayev) va b. X. Boboxonova, M. Mahmudova, R. Mamataliyev, L. Narzullayev, G. Ravshanova, Y. Mirqurbonov, H. Oripov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rej. i va badiiy rahbari — Mansur Ravshanov (2004).

Shomat Samatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x