SAMADOVLAR OILASI

SAMADOVLAR OILASI — inson parvarlikning yuksak namunasini koʻrsatgan oila. 2-jahon urushi davrida turli millatning qarovsiz qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlim-tarbiya bergan. Oila boshligʻi Hamid Samadov (1910-y. Kattaqoʻrgʻon sh. da tugʻilgan, 2002-y. vafot etgan) 2-jahon urushida armiya safida alokachi, pulemyotchi boʻlib xizmat qilgan. Stalingrad, Dnepr boʻylaridagi janglarda ishtirok etgan. 1944 fev. da janglardan birida yaralanib, nogiron boʻlib uyga qaytgan. Urushdagi jasorati uchun orden va medallar b-n mukofotlangan. H. Samadov urush tufayli boshpanasiz qolgan yetim bolalarga homiylik qilgan. Hali uylanmagan boʻlishiga qaramay, u 13 bolani farzandlikka olgan. Bular turli millat bolalaridir: Qoʻchqor — turkman, Nurmuhammad — tojik, Donat, Ivan, Liza — rus, Jenya — belorus, Kerim — tatar, Arslon, Rashid, Nurali, Karim, Murod — oʻzbek, Sunnat — millati nomaʼlum. Bolalarni tarbiyalashda Hamidga uning ota-onasi — usta Samaya buva va Mangʻit momo koʻmaklashgan. U uylangach (1945), turmush oʻrtogʻi Sanobar yetim bolalarni oʻz bolalaridek parvarish qilgan. 1946-y. So. qarindoshlaridan birida yetim qolgan 3 bolani ham oʻz bagʻriga olgan. Sanobar ham 6 farzand koʻrgan. Oilada 22 bola kamol topib, mustaqil hayotga yoʻl olgan. So. toshkentlik Shomahmudovlar oilasi kabi insonparvarlikning yuksak namunasini koʻrsatgan baynalmilal oila sifatida kadrlanadi.

Ad.: Qodirov S, Odamdan yaxshi nom qolsin, T., 1975.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x