PERIFRAZA

PERIFRAZA, perifraz (yun. periphrasis — tasviriy ibora; kinoya, istiora) — borlikdagi narsa va voqealarning nomini toʻgʻridan-toʻgʻri atamasdan, ularni bilvosita, yaʼni turli xil soʻz yoki tasviriy iboralar bilan ifodalash; majoziy ifodalardan biri (mas, «sher» oʻrnida «hayvonlar shoqi»; «paxta» oʻrnida «oq oltin», Alisher Navoiy oʻrnida «oʻzbek adabiy tilining asoschisi» iboralarining koʻllanishi). Perifrazada tasvirlanayotgan tushunchaning ayni matn va … Читать далее

MUCHAL

MUCHAL, muchal yil hisobi — Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida miloddan 2000-yillar oldin kiritilgan xitoylarning siklik kalendari yotadi. 60 yillik sikl bilan yilning nomlari qaytariladigan bu taqvim aslida Quyosh — Oy kalendari (q. Kalendar) boʻlib, u Oyning Yer atrofida aylanish davriga (bu davr sinodik oy deyilib, 29,53 sutkaga teng) va … Читать далее

MUXTOROV

MUXTOROV Abdurahim (1931.1.1, Samarqand) — kulol, mayda shakllar ustasi. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Usta U. Joʻraqulovdan hunar oʻrgangan. 1962-y. dan mustaqil ishlaydi. Muxtorov Samarqand kulolligi (mayda haykaltaroshlik)da mavzuli kompozitsiyalar yoʻnalishiga asos soldi. Ijodida xalq anʼanalarini rivojlantirgan. Muxtorovning asarlarida xalq ogʻzaki ijodiga xos joʻshqinlik, begʻubor hazil ruhi oʻz aksini topgan. Terrakota usulida kundalik maishiy hayot, … Читать далее

MUSKULLAR

MUSKULLAR, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq Muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil … Читать далее

MIOGLOBIN

MIOGLOBIN (mio… va globin) — murakkab oqsil. Tarkibi va xossalari jihatdan gemoglobinga oʻxshaydi. Mioglobin oksigemoglobin hosil qila olganidan, ishlayotgan muskullarni zaxira kislorod bilan taʼminlaydi. Tuzilishi rent-genostruktura tahlili usulida aniqlangan. Bitta polipeptid zanjirdan iborat. Umurtqali hayvonlar muskullarida toʻqimaning quruq massasi hisobida 2%, suv ostida uzoq yashay oladigan dengiz hayvonlari (tyullen, kit, delfin va b.) muskullarida 20% … Читать далее

MURTAK BEZLARI

MURTAK BEZLARI, bodom bezlari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining aʼzolari, limfoid toʻqimalar toʻplami. Ogʻiz boʻshligʻi va halqumning shilliq qavatida joylashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-tuv naylariningteshiklarida) Murtak bezlari bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa follikulalari bilan birgalikda himoya qiladigan toʻsiq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay M. b. shakli … Читать далее

MIYA

MIYA — 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MUVOZANAT ORGANLARI

MUVOZANAT ORGANLARI — odam va koʻpchilik xayvonlarda gavda holatining fazoda oʻzgarishi, Yerning tortish kuchi va tezlanishining organizmga taʼsirini qabul qiladigan organlar. Umurtqasiz hayvonlar (bir hujayralilar, plastinkasimonlar, gʻovaktanlilardan boshqa) Muvozanat organlari statotsistlar, yaʼni eshitish pufakchalaridan iborat. Statotsistlar ichida otolitlar deb ataladigan eshitish toshchalari boʻladi. Statotsistlar tuzilishi va tanada joylanishi bilan bir-biridan farq qiladi. Mas, ssifomeduzalar va … Читать далее

MIKROSPORIDIYALAR

MIKROSPORIDIYALAR (Microsporidia) — bir hujayralilar tipi (boshqa sistemaga kUra sinf). Barcha hayvonlar (koʻpincha, bugʻimoyoklilar) hujayrasida jinssiz (ikkiga boʻlinish va shizogoniya) yoʻli bilan koʻpayadi. Sporo-goniyadan oldin kariogamiya sodir boʻladi. Mikrosporidiyalarning har xil turlarida bitta sporontdan har xil sondagi mayda (uz. 1,2—10 mkm) 1—2 yadroli sporalar vujudga keladi. Sporalarning spiral oʻralgan naychasi orqali parazit xoʻjayin hujayrasiga kirib … Читать далее