MUXTOROV

MUXTOROV Abdurahim (1931.1.1, Samarqand) — kulol, mayda shakllar ustasi. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Usta U. Joʻraqulovdan hunar oʻrgangan. 1962-y. dan mustaqil ishlaydi. Muxtorov Samarqand kulolligi (mayda haykaltaroshlik)da mavzuli kompozitsiyalar yoʻnalishiga asos soldi. Ijodida xalq anʼanalarini rivojlantirgan. Muxtorovning asarlarida xalq ogʻzaki ijodiga xos joʻshqinlik, begʻubor hazil ruhi oʻz aksini topgan. Terrakota usulida kundalik maishiy hayot, xalq ogʻzaki ijodi manzaralari aks etgan milliy oʻyinchoqlar (odamlar, hayvonlar va b.) yaratadi: «Choyxonachi», «Beshik», «Bozorda», «Farhod va Shirin», «Uloq», «Xoʻja Nasriddin», «Tuya va boʻtaloq», «Mash-shoq va qiz», «Ota» va b.

1982-y. dan Samarqand sh. oʻquvchilar uyida kulollik toʻgaragini boshqaradi. Koʻplab shogirdlar tayyorladi. Muxtorov asarlari bilan respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalari (Yaponiya, Germaniya, Shveysariya, Moskva va b.)da ishtirok etadi; asarlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x