MASAL

MASAL (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy xarakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. M. da insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va ki-noyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi Masalga hajviy ruh bagʻishlaydi. Masalning hikoya … Читать далее

METAMORFOZ

METAMORFOZ (yun. metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda Metamorfoz, yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. Metamorfoz tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. Metamorfoz koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. Metamorfoz, odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka … Читать далее

PUERTO-RIKO

PUERTO-RIKO (Puerto Rico) , Puerto-Riko Hamdoʻstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil o. lari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona o. larida joylashgan AQSH mulki. Mayd. 8,9 ming km2. Axrlisi 3,95 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra boʻlinadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan sh. Davlat tuzumi. P.-R. AQSHga «erkin … Читать далее

POLINEZIYA KICHIK OBLASTI

POLINEZIYA KICHIK OBLASTI — Avstraliya quruqlik zoogeografik oblastining kichik oblasti. Polineziya kichik oblastiga Yangi Zelandiya kichik oblastitsan shim. da joylashgan Tinch okean o. lari va arxipelaglari (Gavayi o. dan tashqari) kiradi. Polineziya kichik oblasti faunasida barcha o. fau-nasiga oʻxshab endemik turlar koʻp, sut emizuvchilar kam. Quruqlikda sut emi-zuvchilardan qoʻlqanotlilar (shomshapalaklar, uzunqanotlilar, katta qanotlilar) hamda odamlar … Читать далее

MSHANKALAR

MSHANKALAR (Bryozoa) — paypaslagichlilar tipiga mansub koloniya boʻlib yashaydigan umurtqasiz hayvonlar sinfi. Tanasi daraxtsimon, poʻstloqsimon, bir necha sm kattaliqda. Ularning ayrim individlari zooidlar (uz. 1 mm gacha) deyiladi. Har bir individning koloniyadan bir oz koʻtarilib turadigan oldingi qismi — polipidlari bezovta qilinganida kutikula bilan qoplangan keyingi qismi — sistid ichiga tortilib kiradi. Polipidda paypaslagichlar bilan … Читать далее

MIMIKRIYA

MIMIKRIYA (ing. mimicry, yun. minikos — taklidiy) — himoya vositasiga ega boʻlmagan organizmning shunday vositaga ega boʻlgan yoki yeb boʻlmaydigan organizmlarga takdidiy oʻxshashligi; niqoblanish rangi va shakllaridan biri. Mimikriya hayvonlarda himoya vositasiga ega boʻlmagan hayvonlarning atrof muhitdagi turli narsalarga, yeb boʻlmaydigan yoki himoya vositalariga ega boʻlgan organizmlarga oʻxshashligi. Mac, qiziloyoq qush tuxumi rangi yer rangiga, … Читать далее

MEXANORETSEPTORLAR

MEXANORETSEPTORLAR (yun. mechano — mashina va retseptorlar) — sezuvchi nerv oxirlari; tashqaridan boʻladigan (tuygʻu, ogʻriq, eshitish va b.) yoki ichki organlarda vujudga keladigan mexanik taʼsirotlarni qabul qiladi. Mexanoretseptorlarga baroretseptorlar, proprioretseptorlar, tuygu retseptorlari (odam va hayvonlarning teri yuzasida boʻladi), vestibuloretseptorlar kiradi (ular odam va hayvonlar ichki qulogʻining vestibulyar apparatipya joylashgan boʻlib, tezlanish, vibratsiya tufayli gavdaning fazodagi … Читать далее

MAORILAR

MAORILAR — Yangi Zelandiyaning tub aholisi. Umumiy soni 320 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maori tilida soʻzlashadi. Hoz. Maorilar — xristian dinining turli oqimlariga (anglikanlar, presviterianlar, katoliklar, baptistlar va b.) eʼtiqod qiladilar. Maorilarning ajdodlari 10—14-a. lar mobaynida Markaziy Polineziyadan Yangi Zelandiya o. lariga kelib oʻrnashib, melanezlarnyapt qad. ajdodlariga qardosh boʻlgan tub aholi bilan qoʻshilib ketganlar. … Читать далее

PRERIYALAR

PRERIYALAR (frans. prairie, lot. pratum — oʻtloq) — Shim. Amerikada, asosan, boshokdosh oʻsimliklardan ibo-rat oʻtloklar. Kanadaning janubidan Meksika togʻlarigacha tarqalgan. Oʻzlashtirilmasdan oldin Shim. Amerikada 1 mln. km2 dan, Kanadada 2 mln. km2 dan koʻproq maydonni egallagan. Oʻsimlik qoplamida Yevrosiyo choʻllaridagi singari, asosan, sovuqqa va qurgʻoqchillikka chidamli, chim hosil qiluvchi boshoqlilar dominantlik qiladi. Preriyalarning asosiy qismi … Читать далее

POLIEMBRIONIYA

POLIEMBRIONIYA (poli… va embrion) , hayvonlarda — bitta zigotadan bir necha embrion (egizak)ning rivojlanishi. 1 ta tuxumdan hosil boʻlgan egizaklar 1 ta jinsga mansub boʻladi. Poliembrioniyaning muayyan tur uchun xos maxsus va tasodifan sodir boʻladigan sporadik xillari mavjud. Spetsifik Poliembrioniya mshankalar, yaydoqchi pardaqanotlilar, sovutli sut emizuvchilar uchun xos. M., ayrim yaydoqchilarning 1 ta tuxumidan 3000 … Читать далее