GETEROKARPIYA

GETEROKARPIYA (getero… va yun. karpos — msva) — oʻsimlikning bitta turida shakl va fiziologik xususiyatlari bilan oʻzaro farq qiladigan har xil mevalar boʻlishi. Geterokarpiya asosan yopiqurugʻli oʻsimliklarda boʻladi. Tipik Geterokarpiya tirnoqgullar (kalendulalar) da kuzatiladi, bunda bir xil mevalar hayvonlar orqali, boshqalari shamol bilan tarqalishga moslashadi. Asosan choʻlda oʻsadigan bir yillik hamda efemer oʻsimliklar G. boʻladi. … Читать далее

GENETIKA

GENETIKA (yun. genezis — kelib chiqish, paydo boʻlish) — barcha tirik organizmlarga xos boʻlgan irsiyat va oʻzgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini oʻrganadigan fan. G. ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib berishdan … Читать далее

GEMOSPORIDIOZLAR

GEMOSPORIDIOZLAR — uy hayvonlarining qizil qon tanachalarida va retikuloendotelial sistema hujayralarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali gemposporidiylar qoʻzgʻatadigan kasallik. G. bilan hamma hayvonlar kasallanishi mumkin. Asosan, kanalar orqali yuqadi. Gemosporidiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)da koʻpayib qonni buzadi. Kasal hayvonlar harorati koʻtariladi, mahsuldorligi pasayadi, ichi buziladi. qoni kamayadi, qon aralash siyadi, koʻpchilik hollarda oʻladi. Davosi: G. bilan … Читать далее

BAKTERIOLOGIK QUROL

BAKTERIOLOGIK QUROL, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin vositasi. Bakteriologik qurol asosan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburugʻ va b.) yuqtirilgan pashsha, chivin, kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy mutaxassislari odamlarga shikast yetkazadigan bakterial vositalarga toun, chin chechak, kuydirgi, tulyaremiya, manqa, … Читать далее

VETERINARIYA AKUSHERLIGI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI — klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. Veterinariya akusherligi qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. Veterinariya akusherligi hayvonlar … Читать далее

GAMAZIDLAR

GAMAZIDLAR (Gamasoidea) — parazitoform kanalarning katta oilasi, 20 oila, 3000 turdan iborat. Tanasining uz. 0,3—4 mm, sargʻish jigarrang, oyoqlari tirnogʻining ostida xoʻjayin tanasida oʻrmalab yurishga moslashgan soʻrgʻichlari bor. Ogʻiz organlari qon soʻrishga moslashgan, qorin qismining ikki yonida nafas teshiklari boʻladi. Gamazidlar qushlar tanasi, burun boʻshligʻi, oʻpkasi va havo xaltachalarida; ayrim turlari kemiruvchi hayvonlar inida va … Читать далее

GALEN PREPARATLARI

GALEN PREPARATLARI (Praeparata galenica, s, Galenica) — oʻsimliklar (ildizi, bargi, guli, poʻstlogʻi va b.), minerallar va hayvonlar xom ashyosini qayta ishlab olinadigan dorilar. Kds. Rim vrachi Klavdiy Galen nomi bilan yuritiladi. Fakat Galen davrida emas, balki hozir ham turli farmatsevtik usullar bilan tayyorlangan har xil dorilar Galen preparatlari deb ataladi. Koʻpchilik Galen preparatlari xom ashyodan, … Читать далее

BOTULIZM

BOTULIZM (lot. botulus — kolbasa) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. Botulizm (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi. Botulizm qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ) xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, … Читать далее