MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, kushlar va hayvonlarning oʻsishini tezlashtiradi, qoramollarda koʻpayib ketsa, molibdenoz kasalligi paydo boʻladi. Tishni baquvvat qiladi, qon hosil qilish va immunitet reaksiyalariga, skeletning rivojlanishiga yordam beradi, koʻpayib ketganda flyuoroz paydo boʻladi. Qon hosil qilish jarayoni, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi; yetishmaganida hayvonlarning boʻyi oʻsmaydi va bolalashi kamayadi massasi 0,001% gacha) uchraydigan ki-myoviy elementlar. Tuproq va togʻ jinslari, suv tarkibidagi ayrim makroele-mentlar koʻpchilik hayvonlar, oʻsimliklar va odam uchun Mikroelementlar hisoblanadi.

Organizmda Mikroelementlar xilma-xil biologik faol birikmalar: fermentlar, vitaminlar, gormonlar va b. tarkibiga kiradi. Bu M. taʼsiri, asosan, organizmda moddalar almashinuvi jarayonlari faolligining oʻzgarishida namoyon boʻladi. Baʼzan Mikroelementlar organizmlarning oʻsishi, qon hosil qilishi, toʻqimalar orqali nafas olish jarayonlari, hujayralar ichi moddalar almashinuvi va h. k. ga taʼsir koʻrsatadi.

Tuproqda Mikroelementlar kam yoki koʻp boʻlsa, oʻsimlik va hayvonlar organizmida Mikroelementlar yetishmovchiligi yoki ortiqligi payqaladi.

Chorva mollarining mahsuldorligini oshirish uchun mol ozigʻiga Mikroelementlar qoʻshib beriladi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan iborat oziq-ovqat odam organizmiga kiradigan Mikroelementlarning asosiy manbaidir. Ichiladigan suv odam organizmining yod, mis, rux, marganes, kobalt kabi Mikroelementlarga boʻlgan sutkalik ehtiyojining faqat 1 — 10% ini taʼminlaydi.

Mikroelementlar organizmda bir xil tarqalmaydi. Ularning biror organda koʻp toʻplanishi elementning fiziologik roli va shu organning oʻziga xos faoliyatiga bogʻliq (mas, jinsiy bezlarda Zn koʻp toʻplanadi va ularning funksiyasiga taʼsir etadi); baʼzi hollarda Mikroelementlarning organlar funksiyasiga taʼsir etishi toʻplanish joyiga bogʻliq boʻlmaydi. Odam organizmida koʻpchilik Mikroelementlar (Al, Ti, Cl, Pb, F, Sr, Ni) miqdori yoshga qarab orta boradi. Oʻsish, rivojlanish davrida Mikroelementlar miqsori tez ortib, 15—20 yoshga yetganda kamayadi yoki toʻxtaydi. Mikroelementlar organizm hayot faoliyati uchun muhim boʻlish-boʻlmasligiga koʻra, zarur (Co, Fe, Cu, Zn, Mn, I, F, Br) va unchalik zarur boʻlmagan (Al, Sr, Mo, Se, Ni) turlarga boʻlinadi.

Klinik tibbiyotda So, Fe, Cu kabi Mikroelementlarning preparatlari anemiyaning baʼzi turlarini davolashda, Vg va I farmakologik moddalar sifatida qoʻllanadi. Mikroelementlar gigiyenada muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda (mas, endemik buqoqning oddini olishda tuz va nonni yodlash, tish chirishiga karshi suvni ftorlash va h. k.).

Mikroelementlar tanqisligiga qarshi kurashish maqsadida, shuningdek, tibbiyotda So preparatlari (V12 vitamini)dan foydalaniladi, uy hayvonlariga mineral ozuqalar (So, Gʻ, I), oʻsimliklarga — mikrooʻgʻitlar beriladi (455-6. dagi jadvalga q.).

Ad.: Barabanov V. F., Geoximiya, L., 1985.

Zikrilla Isaboyev.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x