MUCHAL

MUCHAL, muchal yil hisobi — Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida miloddan 2000-yillar oldin kiritilgan xitoylarning siklik kalendari yotadi. 60 yillik sikl bilan yilning nomlari qaytariladigan bu taqvim aslida Quyosh — Oy kalendari (q. Kalendar) boʻlib, u Oyning Yer atrofida aylanish davriga (bu davr sinodik oy deyilib, 29,53 sutkaga teng) va tropik yilga (365,2422 sutka) tayanadi. Yilning uzunligi oddiy yillarda 12 oylik boʻlib, 354 kunga, kabisa yillarda esa 13 oylik boʻlib, 384 kunga teng. 60 yillik siklda kaysi yil 12 oylik, qaysisi 13 oylik (embolismik) boʻlib kelish tartibi maʼlum Oy fazasi (mas, yangi oy) yilning anik, bir sanasiga toʻgʻri kelish davriga (bu davr 19 yilga teng boʻlib, uning ixtirochisi sharafiga Meton davri yoki sikli deyiladi) koʻra aniqlanadi. 19 yillik siklning 2-, 5-, 7-, 10-, 13-, 15 – va 18-y. larida 13-oy qoʻshilib, qolganlari oddiy — 12 oydan iborat boʻladi. 20-a. da ushbu kalendarning 19-yillik sikllari boshi 1924, 1943, 1962, 1981, 2000-yillarga toʻgʻri keldi. Qad. Xitoy kalendarida 60 yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha. Kds. da Olam 5 ta — suv, olov, tuproq, metall va yogʻoch kabi unsurlardan tashkil topgan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlantirgan, deb qaralar edi. Bu 5 unsur oʻzining 2 xususiyati bilan «Osmon shoxobchasi» belgilari (szya, i, bin, din, u, szi, gen, sin, jen, guy) orqali ifodalangan. 60 yillik siklning paydo boʻlishida ana shu 5 unsur uni tashkil etuvchi koʻpaytiruvchilardan biri boʻlib, ikkinchisi — 12 esa osmonning eng yorugʻ «yul-duz»laridan boʻlgan Yupiter (Mushtariy^ning yillarida ifodalangan davridan olingan.

Yupiterning 12 yillik harakat yoʻli 30° dan qilib 12 boʻlakka boʻlingan (30°x 12=360°) va xar bir boʻlagiga «yer shoxobchasi» deb ataluvchi 12 oyning belgilari (szi, chou, in, mao, chen, si, u, vey, shen, yu, syuy, xay) qoʻyib chiqilgan. Keyinchalik milod boshlarida bu belgilarga ushbu hayvonlarning nomlari qoʻshib qoʻyilgan: kalamush, sigir, yoʻlbars, quyon, ajdaho, ilon, ot, qoʻy, maymun, tovuq, it, choʻchqa. Bular Quyoshning yillik koʻrinma xarakati yoʻlida joylashgan (zodiak soxa deb yuritiluvchi sohada) ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sumbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy, Dale va Xut. Oqibatda qad. xitoyliklar «osmon shoxobchasi» va «yer shoxobchasi» belgilaridan tashkil boʻlgan va 60 (12×5) yilni oʻz ichiga olgan siklik jadvaltaqvimni tuzganlar. Mazkur taqvimda maʼlum yil — «osmon shoxobchasi»ning vertikal ustuni va «yer shoxobchasi»ning gorizontal yoʻli kesishgan katakda joylashib, qoʻshma — «quyon-olov», «maymun-metall» yoxud «otsuv» kabi nomlar bilan ataladigan boʻlgan va aynan shu nomlarga mos ravishda, 60 yildan soʻnggina qaytarilgan. 60-yillik siklga ega boʻlgan bu taqvim hoz. kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vyetnam va Mongoliyada qoʻllanadi. Xitoy va Koreyada «osmon shoxobchasi»ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi — ijobiy va salbiy (baʼzan ikki jins — er va ayol) xususiyatlariga koʻra ikkiga boʻlingani holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlariga koʻra — katta va kichik nom b-n, Mongoliyada esa 5 unsur faqat ranglar bilan koʻk (baʼzan yashil), kizil, sariq, oq va qora deb qoʻllaniladi (jadvalga q.).

Qad. yozma manbalarda koʻrsatilishicha, Muchalni dastlab Yunon-Baqtriya pod-sholigi davrida (mil. av. 250 — 140yoxud 130y.) koʻchmanchi chorvador xalqlar yaratgan, soʻngra Moʻgʻuliston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va b. mamlakatlarga Tapkalgan. Bu hisobning vatani Xitoy va Misr degan maʼlumotlar xam bor. Kishilarning tugʻilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash odati ayrim xayvonlarga sigʻinish asosida kelib chiqqan: 12 yillik hisobga kiritilgan hayvonlar «xosiyatli» va «muqaddas» hisoblangan. Qaysi mamlakatda qanday hayvonga koʻproq sigʻinilsa, shu hayvon mazkur yillik hisobga kiritilgan. Mac, Xitoyda baliq oʻrniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi baʼzi xal-qlar orasida baliq oʻrniga timsoh, Misrda sichqon oʻrniga mushuk, ot oʻrniga eshak va h. k. qoʻllangan. Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Moʻgʻuliston, Xitoy va b. mamlakatlarning xalqlari orasida turli buyumlarni Muchal yil hisobiga kiritilgan hayvonlarning tasviri bilan bezash odat boʻlgan. Oltin va kumushdan ilon shaklida ishlangan bilaguzuklar, baliq va b. hayvonlarning tasviri oʻyib ishlangan mis tovoklar bunga misol boʻladi. Qad. rivoyatlarga koʻra, Muchal yil hisobidagi har bir yilda muayyan voqeaqodisalar sodir boʻlar emish. Mas, «ilon yili»da qurgʻoqchilik, qimmatchilik boʻlar, qish sovuq kelar, «toʻngʻiz yili»da esa yogʻingarchilik koʻp, narxnavo arzon boʻlar emish. Tugʻilgan bolaningtaqdiri, feʼl-atvori ham goʻyo uning qaysi yilda tugʻilganligiga bogʻliq ekan (xususan, «quyon yili»da tugʻilgan oʻgʻil bola yaxshi kishi boʻlib yetishib, foydali ishlar qiladi, uzoq, badavlat xayot kechiradi va h. k.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x