PERIFRAZA

PERIFRAZA, perifraz (yun. periphrasis — tasviriy ibora; kinoya, istiora) — borlikdagi narsa va voqealarning nomini toʻgʻridan-toʻgʻri atamasdan, ularni bilvosita, yaʼni turli xil soʻz yoki tasviriy iboralar bilan ifodalash; majoziy ifodalardan biri (mas, «sher» oʻrnida «hayvonlar shoqi»; «paxta» oʻrnida «oq oltin», Alisher Navoiy oʻrnida «oʻzbek adabiy tilining asoschisi» iboralarining koʻllanishi). Perifrazada tasvirlanayotgan tushunchaning ayni matn va vaziyat uchun eng muhim sifati, belgisi, xususiya-ti birinchi oʻringa qoʻyiladi. Perifrazaning asosiy vazifasi matnning ifodaviyligini, bayonning taʼsirchanligini oshirishdir.

Perifraza, asosan, badiiy adabiyot tilida, publitsistik va ogʻzaki nutqsa uchray-di, ilmiy nutkda esa tasviriylikdan xoli boʻladi va termin sifatida qoʻlla-nadi. Funksional jihatdan Perifrazaning 2 turi farqlanadi: hamma tomonidan qabul qilingan, hammatushunadigan Perifraza (frazeologizmlar, hikmatli iboralar) va vaziyatga bogʻliq boʻlgan, maz-muni, maʼnosi muayyan matngagina aloqadorbulgan individual Perifraza (bularning baʼzilari izchil qoʻllanish natijasida 1-turdagi Perifrazalar qatoriga oʻtadi). Shu bilan birga badiiy, obrazli Perifrazalar (oq oltin — paxta, zangori olov — gaz, poʻlat qush — samolyot kabi) va manti-qiy Perifrazalar (mas, evfemizmlar, tabular) oʻzaro farqlanadi. Aksariyat Perifrazalar otli birikmalar boʻlib, metafora, metonimiya, sinekdoxa singari koʻchimlar asosida yuzaga keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x