GULOBI

GULOBI — qovunning kechpishar navlari. Uning joʻjaburun G., qizil G., koʻk Gulobi, sariq G., qora Gulobi xillari bor. Joʻjaburun Gulobi urugʻidan chiqqandan keyin 100—115 kunda pishadi. Hosildorligi oʻrtacha. Shaqli urchuqsimon, uchi toʻmtoq, yirik, uz. 32—34 sm, ogʻirligi 4—6 kg. Sirti burish toʻrlagan. Tusi sariq, oftobga qaragan tomoni yashilroq. Poʻsti qattiq. Eti oq, kalinligi 5—5,5 sm, … Читать далее

GELMINTOZLAR

GELMINTOZLAR (yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va oʻsimliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sharoitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigiyenik koʻnikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijjalar uchraydi. Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, sestodalar, trematodalar va akantotsefallar parazitlik qiladi. … Читать далее

JOʻJA

JOʻJA — tovuq va b. parranda palaponi. Tovuq Joʻja lari 1 kunligida 35—40 g, 1 oyligida 240—270 g, 2 oyligida 550 — 600 g, 3 oyligida 900—1100 g, 4 oyligida 1200—1500 g, 5 oyligida 1500 — 1800 g boʻladi. Goʻsht (broyler) yoʻnalishidagi tovuq zotlarning 7—8 haftalik Joʻjalari vazni 1,5—1,8 kg ga yetadi. Joʻjalar 2 oylikkacha … Читать далее

NILUFAR

«NILUFAR» — Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari assotsiatsiyasining yillik xalqaro mukofoti. 1967-y. dan boshlab adabiyot sohasida erishgan yutuklari, shuningdek, Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari harakatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun mazkur mamlakatlar yozuvchilariga beriladi. Oʻzbekistonda Zulfiya, K. Yashin va S. Azimov «Nilufar» xalqaro mukofoti bilan takdirlangan. Пост Навигацияси

NORBOYEVA Oydin Abdulhaqovna

NORBOYEVA Oydin Abdulhaqovna (1944.1.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1964). 1964—90 y. lar Hamza teatrida, 1990—94 y. lar «Ilhom» teatrida aktrisa. «Qonli sarob» (S. Azimov) spek-taklidagi Aqiqa uning sahnadagi ilk obrazi. Norboyeva ijodiga chuqur psixologik talqin, tiniq va ravon nutq, qahramonlarini romantik va yorqin boʻyoqlarda noziklik bilan … Читать далее

KABACHKA

KABACHKA, qovoqcha (Cucurbita pepo var. giraumontia) — qattiq poʻstli qovoklar guruhiga mansub sabzavot ekini. Bir yillik, bir uylik, palakpoyasi qisqa oʻsimlik. Gretsiya va Italiya K. lari turlari bor. Mevasi shakli uzunchoq, silindrsimon, ogʻirligi 350—400 g., sirti silliq, tuyey och yashil, toza pishganda novvotrang. Mevasi 40—45 kunda yetiladi. Tarkibida (%) quruq modda — 4,9, shu jumladan, … Читать далее

KINO SANʼATI

KINO SANʼATI — kinematografiya ning texnik vositalar asosida shakllangan badiiy ijod turi; ekran sanʼatining muhim tarkibiy qismi; real borliqni aynan yoki badiiy-hujjatli obrazlar, multiplikatsiya vositalari yordamida suratga olish; kinofilmlarning omma orasida keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televideniye, videokasseta va videodisklarni xam oʻz ichiga oladi. Kino sanʼati kinematograf bilan bir vaqtda paydo boʻldi. Kinematograf esa fan … Читать далее

ISSIQXONA EKINLARI

ISSIQXONA EKINLARI — issiqxonalarda oʻstiriladigan oʻsimliklar. I. e. ga, asosan, pomidor va bodring, qisman limon, gullar, barra piyoz, rediska, koʻkat sabzavotlardan ukrop, salat, petrushka, shuningdek, shampinyon zamburugʻi, ovqatga yangiligida ishla-tiladigan ziravorlar, salaLir va manzarali oʻsimliklar kiradi. Issiqxona ekinlarini oʻstirish usullari: doimiy joyga ekish, koʻchat qilib oʻtqazish, yetiltirish, oʻsishni tezlatish. Issiqxona ekinlari yorugʻni koʻp talab etadi. … Читать далее

ZOOLOGIYA INSTITUTI

ZOOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Zoologiya instituti — hayvonot olamining xilma-xilligi, ekologiyasi, biologiyasi, ahamiyatini oʻrganib, ulardan oqilona foydalanish, noyob, yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan turlarni muhofaza qilish, zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy asoslar yaratuvchi va muvofikdashtiruvchi markaziy ilmiy muassasa. Oʻzbekiston FA Botanika va zoologiya in-tidan 1950-y. da mustaqil boʻlib ajralib chiqqan. In-tda Oʻzbekiston hayvonot … Читать далее

INKUBATSIYA

INKUBATSIYA — (lot. incubatio — tuxum bosish) — 1) parrandachilikda — inkubatorlarda parranda tuxumidan joʻja ochirish. Misr va Sharqiy Osiyoda qadimdan, Yevropada 14-a. dan maʼlum. 19a. oxiri — 20-a. boshlaridan Yevropa va AQSHda amalda keng qoʻllanildi, 20-a. ning oʻrtalaridan uy parrandalarini kupaytirishning asosiy usuliga aylandi. Hoz. zamonaviy parrandachilikda yil boʻyi davom etadi. Uy parrandalarining hamma … Читать далее