OʻSIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI

OʻSIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI — oʻsimliklar hayot faoliyati umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Oʻ. f. oʻsimliklarning oʻz tanasini tiklashi, koʻpayishi uchun zarur boʻlgan mineral moddalar va suvni oʻzlashtirishi, oʻsishi, rivojlanishi, gullashi va meva hosil qilishi, ildizdan (mineral) va havodan (fotosintez) oziqlanishi, nafas olishi, biosintez qilishi, zaxira moddalarni toʻplashi va boshqalar jarayonlarni oʻrganadi. Oʻsimliklar fiziologiyasi hayotiy jarayonlarning tashqi muhit … Читать далее

FARGʻONA HAQIQATI

«FARGʻONA HAQIQATI» — Fargʻona viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1917-y. okt. dan Qoʻqon shaqrida «El bayrogʻi» nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik «Mehnat bayrogʻi» (1918 — 22), «Fargʻona» (1922—26), «Yangi Fargʻona» (1926 — 32), «Kommuna» (1932—90), «Oltin vodiy» (1991—93) nomlari bilan chiqqan; 1993-y. noyabrdan hoz. nomda. Oʻz vaqtida gaz. ning faoliyat koʻrsatishiga Akmal Ikromov, Nazir Toʻraqulov … Читать далее

XALQ BADIIY JAMOALAR DIREKSIYASI

XALQ BADIIY JAMOALAR DIREKSIYASI, Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarkibidagi konsert tashkiloti. 2000-y. da Oʻzbek davlat filarmoniyasi negizida tashkil topgan. Hozirda (2005) «Uzbekistan» ashula va rake ansambli (badiiy rahbari Q. Moʻminov), mumtoz ashula ansambli (Oʻ. Saidjonov), M. Yoʻlchiyeva guruhi, «Turkiston» kamer orkestri (E. … Читать далее

KOʻCHAT

KOʻCHAT — koʻchatzorlarda, parnik va issiqxonalarda yetishtiriladigan va koʻchirib, asosiy maydonga oʻtqaziladigan nihol. K. lar oʻsimliklarning urugʻi, danagi, qalamchasini ekib va payvand qilib yetishtiriladi. Bogʻ, oʻrmon va b. yaratish uchun Koʻchat tayyorlashda urut, danak va novda qalamchalari (tok, anjir va b.)dan, shuningdek, payvand qilish usullaridan (q. Koʻchatzor) foydalaniladi. Sabzavot K. lari parnikparla urugʻidan maxsus romlar … Читать далее

JIYDA

JIYDA (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Jan. Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shim. Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda Jiydaning qargʻajiyda. (Ye. angystifola; yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi (Ye. orientalis), tikanakli Jiyda (Ye. pungens), kumushsimon Jiyda (Ye. argentea), non J. (Ye. cdulls) turlari oʻsadi. Sh a … Читать далее

JIZZAX VILOYATI

JIZZAX VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973-y. 28 dek. da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 991 ming kishi (2001). Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, … Читать далее

TOVUQ

TOVUQ, uy tovuqlari — tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda, qishloq xoʻjaligi. parrandalarining eng koʻp tarqalgan turi. 5 ming yil muqaddam Hindistonda qoʻlga oʻrgatilgan yovvoyi bankiv tovugʻidan tarqalgan. Tovuq larning oʻziga xos xususiyati — boshlarida qizgʻish toji, quloq solinchagi, oyoklari (xoʻrozlarida) pixining mavjudligidadir. Patlarining rangi har xil, koʻpincha, oq. Koʻpchilik Tovuq zotlarining tumshugi va oyoq kafti sariq, … Читать далее

STEVIYA

STEVIYA (Stevia rebaudiana Bext.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Vatani — Paragvay. Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Bolgariya vab. mamlakatlarda oʻstiriladi. Boʻyi 1,5 m ga boradi. Barglari yirik, uz. 4—7 sm, qaramaqarshi joylashgan, tukli. Qisqa kun oʻsimligi, kuzda gullaydi. Issiklikka va namga talabchan subtropik ekin. Steviya bargida (6,0%—6,5%), poyasida (1,5%) va ildizida (0,6%) shirinligi saxarozaga … Читать далее

GELIOQURILMA

GELIOQURILMA — Quyosh radiatsiyasi energiyasini foydalanish uchun qulay boʻlgan boshqa tur energiyaga (mas, issiklik yoki elektr energiyasiga) aylantirib beradigan qurilma. Gelioqurilma qurishga, yaʼni Quyosh issiqligidan foydalanishga qadimdan intilishgan. Mas, mil. av. 1500-y. Misrda oddiy quyosh issiqlik qurilmasi yasashga urinishgan, lekin to 18-a. gacha tuzukroq qurilma yasalmagan. 18-a. da Rossiyada (M. V. Lomonosov), Franiiyada (J. Byuffon), … Читать далее

SHASTRI

SHASTRI, Shastriy Laʼl Bahodir (1904.2.10, UttarPradesh shtati, Moʻgʻulsaroy — 1966.11.1, Toshkent) — Hindiston davlat va siyosat arbobi; Qoʻshilmaslik harakatida ishtirok etgani uchun 1921-yilda qamalgan; hammasi boʻlib 9 yilni qamoqda oʻtkazgan. Kashiy (Banoras) untida tahsil olgan, Hindiston milliy ozodlik harakatining faol qatnashchisi. Hindiston Milliy Kongressi (HMK)ning birinchi Bosh kotibi (1951), UttarPradesh komiteti Bosh kotibi lavozimiga 2-marta … Читать далее