INKUBATSIYA

INKUBATSIYA — (lot. incubatio — tuxum bosish) — 1) parrandachilikda — inkubatorlarda parranda tuxumidan joʻja ochirish. Misr va Sharqiy Osiyoda qadimdan, Yevropada 14-a. dan maʼlum. 19a. oxiri — 20-a. boshlaridan Yevropa va AQSHda amalda keng qoʻllanildi, 20-a. ning oʻrtalaridan uy parrandalarini kupaytirishning asosiy usuliga aylandi. Hoz. zamonaviy parrandachilikda yil boʻyi davom etadi. Uy parrandalarining hamma turlari tuxumlaridan Inkubatsiya yoʻli bilan joʻja ochirish mumkin. Asosan, inkubatorparrandachilik st-yalarida, parrandachilik f-kalari, shuningdek, xonadonlarda Inkubatsiyadan foydalaniladi. Urugʻlangan, nuqsonsiz, serpusht parran-dadan olingan 5—8 sutkalik va 8—12° haroratda saklangan, toza, usti silliq, ovoskopda tekshirilgan tuxumlar Inkubatsiya uchun yarokli boʻladi. Serpusht zot tovuq tuxumining inkubatsion muddati 21 kun, goʻshtdor zotlari uchun 21,5 kun, kurka va oʻrdak tuxuminiki 27 — 28 kun, gʻozlarniki 28,5—30 kun, be-dananiki 17 kun. Tovuq va kurkalar tu-xumi havo harorati 37,5—37,6°, nisbiy namligi 48—52% da Inkubatsiya qilinadi. Inkubatsiya rejimi omillari asosan, inkubatorlarda havoning harorati, namligi va almashinib turishi hamda vaqt-vaqti bilan tuxumlarni aylantirib turishdan iborat;

2) baliqchilikda — urugʻlangan baliq tuxumini chavoq chiqishiga qadar suv havzasi yoki inkubatsiya apparatlarida saklash. Bahorda tuxum qoʻyadigan baliqlar uvildirigʻi Inkubatsiyasi bir necha sutka, kuzda tuxum qoʻyadigan baliqlar uvildirigʻi Inkubatsiyasi bir necha oy davom etadi. Tuxumdan chiqqan chavoqlar maxsus havza yoki hovuzlarda boqiladi. Baliqchilik z-dlarida Inkubatsiya apparatlaridan foydalaniladi;

3) pillachilikda — tut ipak qurti tuxumidan pilla qurti chiqarish (q. Ipak qurti tuxumi inkubatsiyasi).

Sayfiddin Azimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x